DW xabariga köra, Şefçoviç bu haqda 9-oktabr kuni Pekinda Xitoy savdo vaziri Van Ventao bilan ikki kunlik muzokaralardan söng maʼlum qilgan. Uçraşuvlar Pekin va Bryussel örtasidagi savdo keskinligini yumşatişga qaratilgan.
Tomonlar dastlabki kelişuvning batafsil şartlarini oçiqlamagan. Biroq Şefçoviç uning natijasida Xitoydan YeIga bir neça million avtomobil eksportining oldi olinişini aytgan.
Xitoy Savdo vazirligi esa gibrid avtomobillar savdosiga oid kelişuv jadal muzokaralar natijasida erişilganini bildirgan, deb xabar bergan Reuters.
Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilari assotsiatsiyasi - ACEA rahbari Sigrid de Vris kelişuv Xitoyning Yevropa bozoridagi iştiroki yangi bosqiçga tartibli ötişiga yordam berişi mumkinligini qayd etgan. Uning fikriça, bu barça tomonlarning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladi.
Kelişuv faqat avtomobillar bilan çeklanmaydi. U Xitoyga yetkazib beriladigan ayrim Yevropa tovarlariga bojlarni pasaytiriş hamda kamyob yer metallari taʼminot zanjirlarini barqarorlaştiriş çoralarini ham qamrab oladi.
Şefçoviçning taʼkidlaşiça, uşbu kelişuvlar YeIning deyarli har bir aʼzo davlatiga foyda keltiradi.
Biroq kelişuv hali kuçga kirmagan. Buning uçun Yevropa Ittifoqiga aʼzo barça 27 davlat rahbarining roziligi talab etiladi.
YEI 2024-yilda Xitoy elektromobillariga qöşimça bojlar joriy qilgan edi. Şundan söng xitoylik işlab çiqaruvçilar Yevropa bozoriga gibrid avtomobillarni faolroq yetkazib bera boşlagan. Xitoy Savdo vazirligi avvalroq eksport hajmini ixtiyoriy çeklaşga rozi bölmagan.

















