Birlaşgan Arab Amirliklaridan bölgan paralimpiyaçi Abdulla Hayay Londondagi maşğulot çoğida baxtsiz hodisa tufayli halok böldi, deb xabar bermoqda Xalqaro paralimpiya qömitasi matbuot xizmati. 36 yoşli nayza uloqtiruvçi Buyuk Britaniya poytaxtida 14-23 iyul kunlari bölib ötadigan jahon çempionatiga tayyorgarlik körayotgandi.
Daily Mail’ning xabar berişiça, Abdullaning ustiga metall ustun qulagan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvçilar heç narsa qila olişmadi – Hayay hodisa joyida hayotdan köz yumdi.
«Barçamiz röy bergan hodisadan qayğudamiz. Bizning barça fikrimiz va duolarimiz Abdullaning oilasi, döstlari hamda jamoadoşlari bilan birga. Şuningdek, BAA milliy paralimpiya qömitasiga hamdardlik izhor etamiz. Biz bu dahşatli fojiadan şokdamiz», - deya aytib ötdi MPQ rahbari Filip Kreyven.
Jahon çempionatining oçiliş marosimida Hayay xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi.












