Buxoro viloyat hududida sodir bölayotgan yöl-transport hodisalarining tahlillariga köra, yöl-transport hodisalari asosan umumfoydalanişdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllarida qayd etilayotganligini kuzatişimiz mumkin. Buni inobatga olgan, Buxoro viloyati IIB YHXB rahbariyati YPX inspektorlarining dislokatsiyasiga özgartirişlar kiritib, mazkur avtomobil yöllarini alohida masofalarga bölib, YPX inspektorlarining patrul avtomobillari bilan ta'minlangan kunduzgi va tungi mobil guruhlar faoliyatini yölga qöydi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YHXB Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Viloyat hududida yöllarda harakatlaniş qoidalarini tarğibot qiliş maqsadida ommaviy axborot vositalaridan 75 marotaba, jumladan, röznomalarda 24 marotaba, radio orqali 29 marotaba, televideniye orqali esa 22 marotaba çiqişlar qilindi. Bundan taşqari, avtokorxona va taşkilotlarda 2057 marotaba, mahallalarda 302 marotaba, maktablarda
524 marotaba suhbatlar ötkazildi.
Şuningdek, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş faoliyatini tarğibot va taşviqot qiliş maqsadida avtomobil yöllariga, fuqarolar köplab töplanadigan joylarga 26 ta panno va bannerlar, 6 ta «Lasetti» rusumli YPX xizmat avtomobillari hamda 6 ta «Kris-P» fotoradar kompleksi maketlari örnatildi. Pannolarda tezlikni oşirmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalaniş, xavfli burilişlar haqida ma'lumot beruvçi, telefondan foydalanib transport vositasini boşqarmaslik, haydovçiga oilasi kutayotganligini eslatuvçi, tezlikni oşirmaslikka va farzandlarni asraşga çaqiruvçi mavzular aks ettirildi.
Bundan taşqari, «Harakat xavfsizligi oyligi», «Dikkat, temir yul kesişmasi!», «Ta'til», «Profilaktika kuni» va boşqa profilaktik tadbirlar ötkazib kelindi.
«Kris-P», «Arena» fotoradar komplekslari, «Binar» va «Iskra-video-2» rusumli, jami 6 ta tezlikni ölçaş asboblari bilan jihozlangan «Lasetti» rusumli avtomobillari yordamida kunduzgi va tungi vaqtlarda xizmat olib borişlari yölga qöyildi va xodimlar xizmat faoliyati ustidan doimiy nazorat örnatildi.
Lekin şuni alohida ta'kidlaş lozimki, olib borilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar, tarğibot va taşviqot işlarining amalga oşirib kelinayotganligiga qaramasdan, ötgan 2016 yilning şu davriga nisbatan jami qoidabuzarliklar 954 taga (82125 tadan 83079 taga), şundan,
-qöpol qoidabuzarliklar 777 taga (39706 tadan 40483 taga),
-mast holda transport vositasini boşqariş 60 taga (1691 tadan 1751 taga),
-belgilangan tezlikni oşiriş 89 taga (17549 tadan 17638 taga),
-quvib ötiş qoidasini buziş 169 taga (6045 tadan 6214 taga),
-odam taşiş qoidasini buziş 83 taga (11070 tadan 11153 taga),
-telefondan foydalaniş qoidasini buziş 7 taga (110 tadan 117 taga),
-tegişli hujjatlarsiz boşqariş 391 taga (1390 tadan 1781 taga),
şuningdek, temir yöl kesişmasidan ötiş qoidasini buziş 11 taga (272 tadan 283 taga) köp aniqlandi.
Viloyat hududida harakat xavfsizligini ta'minlaş, yöl-transport hodisalarini oldini oliş borasida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlarga karamasdan viloyat xududida sodir etilgan yöl-transport hodisalari soni joriy yilning 6 oyida 2016 yilning şu davriga nisbatan 16,4 foizga yoki 146 tadan 170 taga, ular natijasida tan jarohati olganlar soni 15,1 foizga yoki 112 tadan 129 taga, YTH natijasida vafot etganlar soni 20,5 foizga yoki 34 tadan 41 taga oşdi.
Viloyat hududidagi avtomobil yöllarida sodir etilgan bolalar bilan boğliq yöl-transport hodisalari soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 22,2 foizga yoki 18 tadan 14 taga, uning natijasida tan jarohati olgan bolalar soni 33,3 foizga yoki 15 tadan 10 taga kamayişiga erişilgan bölsada, ammo, YTX natijasida vafot etgan bolalar soni 33,3 foizga yoki 3 tadan 4 taga köpaydi.










