«Real» yarim himoyaçisi Xames Rodriges «Bavariya»ga ijaraga berilişidan avval Madrid klubi bilan yangi şartnomaga imzo çekkan.

Unga köra, Xames 2021 yilga qadar «Real» a'zosi hisoblanadi. Kolumbiyalik futbolçining avvalgi şartnomasi 2019 yilga qadar möljallangandi.

Eslatib ötamiz, myunxenliklar uşbu 26 yoşli yarim himoyaçini 2 yil muddatga ijaraga olişdi. Buning uçun 10 million yevro tölanadi.

«Bavariya» 2 yildan keyin Xamesning transfer huquqini 40 million yevroga sotib olişi mumkin böladi.

Marca ma'lumotiga köra esa, nemislar klubi Xamesni istalgan vaqtda 60 million yevroga transfer qilişi ham mumkin.