Kongo Demokratik Respublikasida isyonçilar amerikalik jurnalist va 11 nafar mahalliy qöriqçilarni öğirlab ketişdi. Hodisa tabiat qöriqxonasi yonidagi nazorat-ötkaziş punktiga hujum çoğida yuz berdi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press agentligi huquqni himoya qiliş taşkilotiga asosan.

Agentlik ma'lumotiga köra, hujum Ituri viloyatida yuz bergan. Tinçlik va inson huquqlari himoyasini örganiş Markazining xabar berişiça, "May-May Simba" guruhi hujumni amalga oşirgan. Hodisa Mambasa şahridan 40 kilometrlik uzoqlikda sodir böldi. Markaz ma'lumotiga köra, britaniyalik ikki fuqaro va Kongo tabiatni qöriqlaş institutining beş qöriqçisi yaşirinişga muvaffaq böldi.

Markaz mamlakat qurolli kuçlarini öğirlab ketilganlarni izlaşga çaqirmoqda. Agentlikning xabar berişiça, Kongoda kişilarni keyinçalik tovon puli undiriş maqsadida öğirlaş holatlari köp uçraydi.