Kongo Demokratik Respublikasi Milliy soğliqni saqlaş instituti 16-avgust kuni keçqurun e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, Ebolaning hozirgi avj olişi oqibatida halok bölganlar soni mamlakatda avval kuzatilgan barça epidemiyalar körsatkiçidan oşib ketgan.
Hozirga qadar 4945 kişida virus yuqtirgani laboratoriya orqali tasdiqlangan, 2325 bemor esa vafot etgan.
Bu 2018–2020-yillarda Kongoda kuzatilgan Ebola epidemiyasi körsatkiçlaridan ham yuqori. Öşa paytda mamlakatda qariyb 3500 ta kasallaniş holati qayd etilgan va salkam 2300 kişi vafot etgan edi.
Ebola tarixida hozirgi Kongo epidemiyasidan ham yirikroq avj oliş 2014–2016-yillarda Ğarbiy Afrikada kuzatilgan. Gvineya, Liberiya va Serra-Leoneda jami 28 616 kişi kasallangan va 11 310 kişi vafot etgan.
Virus juda tez tarqalmoqda
Hozirgi epidemiyaning eng xavotirli jihatlaridan biri - virus tarqalişining yuqori sur’ati.
Reuters ma’lumotlariga köra, 2014–2016-yillardagi Ğarbiy Afrika epidemiyasida qurbonlar soni 1000 nafarga yetişi uçun taxminan beş oy vaqt ketgan. Kongodagi hozirgi avj olişda esa uç oydan ham kam vaqt içida 2 mingdan ortiq kişi vafot etgan.
Kongo hukumati ma’lumotlariga köra, iyun oyi boşida kasallanganlar orasida ölim darajasi taxminan 20 foizni taşkil qilgan bölsa, hozir bu körsatkiç 46 foizgaça kötarilgan.
Mutaxassislarning fikriça, bunday ösiş virusning özi yanada xavfli bölib qolganini anglatmasligi mumkin. Aksinça, bu mamlakatda infeksiya tarqalişini kuzatib boriş tizimidagi kamçiliklar hamda bemorlarning tibbiy xizmatlardan öz vaqtida foydalana olmasligi bilan boğliq bölişi mumkin.
Hozirgi variantga qarşi tasdiqlangan vaksina yöq
Kongodagi hozirgi Ebola avj olişi mamlakatda qayd etilgan 17-epidemiya hisoblanadi.
Bu safar kasallikka Ebola virusining nisbatan kam uçraydigan Bundibugyo (Bundibudjio) varianti sabab bölmoqda. Manbaga köra, uşbu variantga qarşi hozirça tasdiqlangan vaksina hamda maxsus davolaş usuli mavjud emas.
Ebola virusi infeksiyalangan odamning qoni yoki boşqa biologik suyuqliklari bilan bevosita aloqa orqali yuqişi mumkin. Virus oğir gemorragik isitmani keltirib çiqaradi va ayrim holatlarda ölimga olib keladi.













