YEI mamlakatlari elçilari ikkita yangi röyxatni kelişib olgan. Ularni taşqi işlar vazirlari 12-oktabr kuni Lyuksemburgda rasman tasdiqlaşi kutilmoqda.
Hozir Ukrainaning hududiy yaxlitligini buziş bilan boğliq sanksiya rejimi doirasida qariyb uç ming şaxs va taşkilotga çeklov qöyilgan. Yangi qaror qabul qilinsa, ularning soni birdaniga yarmidan köproqqa oşadi.
Mazkur qaror Rossiya iqtisodiyotining alohida tarmoqlariga yangi çeklovlar joriy etişni nazarda tutmaydi. Asosiy eʼtibor muayyan şaxslar va taşkilotlarga qaratilgan.
DW’ning Yevropa diplomatik doiralaridagi manbalariga köra, asosiy röyxat 1569 ta nomdan - 743 nafar şaxs va 826 ta taşkilotdan iborat. Ularning aksariyati Rossiya harbiy-sanoat majmuasi bilan boğliq. Rossiya oligarxlari orasidan yangi şov-şuvli ismlar kiritilişi kutilmayapti.
Reuters maʼlumotiga köra, yangi röyxatga kiritilayotganlarning yarmidan köpi ballistik raketalar, jumladan, «Iskander-M» majmualarini işlab çiqarişda iştirok etadi.
Ular orasida raketa, raketa dvigateli va qattiq yonilği işlab çiqaruvçilar, maxsus materiallar va dronlar tayyorlovçi korxonalar, şuningdek, suvosti kemalariga xizmat körsatuvçi taşkilotlar bor.
Yana 77 nafar şaxs Ukrainaning vaqtinça egallab olingan hududlarida Rossiya Davlat dumasi saylovlarini taşkil etiş va ötkazişda qatnaşgani uçun sanksiyaga tuşişi kutilmoqda. Bu röyxatga nomzodlar va saylov organlari vakillari kiritiladi.
Bundan taşqari, vazirlar Şimoliy Koreyaning Rossiya uruşiga kömagi bilan boğliq yana yettita nomga nisbatan sanksiyalarni siyosiy jihatdan maʼqullaşi kutilmoqda. Uşbu çeklovlarni rasman tasdiqlaş keyinroq amalga oşiriladi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Yevropadagi gibrid hujumlariga javoban ham alohida röyxat tayyorlamoqda. 12-oktabr kuni bu yönalişda, jumladan, Leypsigdagi hujum bilan boğliq 12 ta nom böyiça siyosiy kelişuvga erişilişi mumkin. Rasmiy tasdiq esa keyinroq, ehtimol, noyabrdagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvida böladi.
Yevropalik diplomatlarga köra, mazkur çeklovlar taniqli rossiyalik tarğibotçilar va ommaviy axborot vositalarini ham qamrab olişi mumkin. Röyxatga dezinformatsiya kampaniyalarini taşkil etiş va tarqatişni taʼminlovçi asosiy tuzilmalarni kiritiş ham rejalaştirilgan. Yakuniy tarkib va ismlar hozirça oçiqlanmagan.












