2017 yilning 13 iyul kuni soat 10:30 da Jizzax viloyat FVVga IIB navbatçilik qismidan ma'lumot kelib tuşdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma'lumotga köra, Jizzax viloyati Jizzax şahar A.Temur mahallasidan ötuvçi Jizzax-Ğallaorol yönalişida 2 ta “Neksiya” rusumli transport vositalari örtasida töqnaşuv sodir böldi. YTH natijasida 2 nafar fuqaro yengil tan-jarohati olgan. Boşqarma qutqaruvçilari otryad komandiri boşçiligida YTH sodir bölgan joyga yetib borib, fuqarolarni avtomobildan çiqarib olişda amaliy yordam körsatişdi.
2017 yil 13 iyul soat 12:50 da Jizzax şaxrida yaşovçi fuqaro Jizzax viloyati FVVga uyining temir eşigi yopilib qolganligi sababli oçiş uçun amaliy yordam sörab murojaat qilgan. Voqea joyiga navbatçi qism qutqaruvçilari yetib borgan va xonadonning eşigini oçişib, uy içida qolgan bolani soğ-salomat onasiga topşirdilar.












