Şveytsariyaning Alp toğlarida bundan 75 yil muqaddam ğoyib bölgan er-xotin jasadlari topildi, deb xabar berdi Reyter agentligi. Ular eriyotgan muzliklar ustida topilgan.
1942 yil avgust oyida Vale kantoni Şandolen qişloğida istiqomat qiluvçi Marselen va Fransin Dyumulen sigirlarni soğiş uçun uydan çiqib ketib, qaytib kelişmagan. Ötgan haftada işçilardan biri 205 metrdan balandroqda joylaşgan Le-Dyabler toğ-çanği kurortiga çiqaveriş yaqinidagi Tsanfleron muzligida jasadlarga duç kelgan. Xabar qilinişiça, halok bölganlarning yonida hujjatlari ham bölgan.
«Jasadlar yonma-yon yotar edi. Ularning biri erkak va ikkinçisi ayol kişiga tegişli bölib, liboslari Ikkinçi jahon uruşi davriga oid edi. Ular muzlikda yaxşi saqlangan, şaxsiy buyumlarining holati ham özgarmagan», — deya ma'lum qilgan Glacier 3000 toğ stansiyasi Bernxard Tşannen.
Marhumlarning kiçik qizi, 79 yoşli Marselen Udri-Dyumulenning aytişiça, ötgan davr mobaynida farzandlar ota-onalarini qidirişgan. Agentlikning qayd etişiça, jasadlar şaxsini tasdiqlaş uçun ularning yaqinlari DNK-testini topşirişlari kerak.












