Özbekiston milliy jamoasi futbolçisi Behruz Karimov faoliyatini Şveytsariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
19 yoşli himoyaçi – iyun oyida milliy jamoaning Jahon çempionatidagi debyutida körsatgan öyinlari bilan muxlislar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bölgan edi.
Behruz Karimov 2007-yil 7-avgustda tuğilgan. Avvaliga Odil Junior akademiyasida tahsil olgan, keyinroq Toşkentning “Olimpik” klubiga ötgan. U 2025-yil fevralidan beri Termizning “Surxon” klubida töp tepib kelayotgan edi.
1908-yilda şu nomdagi şaharda asos solingan “Lugano” klubi – Şveytsariyaning eng uzoq tarixga ega klublaridan biri. Uç karra mamlakat çempioni, tört karra Şveytsariya kubogi sohibi.
Ötgan mavsumni klub içki çempionatda 4-örin bilan yakunlab, UYeFA konferensiyalar ligasida (Çempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi örinda turuvçi musobaqa) iştirok etiş huquqini qölga kiritgan.

















