Şveysariya hukumati saytida 27-sentabr, yakşanba kuni eʼlon qilingan rasmiy natijalarga köra, «Şveysariya betarafligini saqlaş» taşabbusi aholi tomonidan qöllab-quvvatlanmagan.
Taşabbusni öng konservativ Şveysariya xalq partiyasiga yaqin bölgan «Şveysariya uçun» - Pro Schweiz birlaşmasi ilgari surgan.
Uning mualliflari fikriça, betaraflik mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlangan bölsa-da, hukumat Ukrainadagi uruş munosabati bilan Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalariga qöşilib, aralaşmaslik tamoyilini zaiflaştirgan.
Sanksiyalar va harbiy hamkorlikni çeklaş taklif qilingan
Taşabbus mualliflari Konstitutsiyada «doimiy va qurollangan» betaraflik tamoyilini belgilaşni taklif qilgan. Bunda mamlakatning betaraf maqomni saqlagan holda özini harbiy jihatdan himoya qilişga tayyor turişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, Şveysariyaning NATO kabi harbiy ittifoqlarga qöşilişi yoki ular bilan hamkorlik qilişiga qonuniy taqiq joriy etiş közda tutilgan. Faqat mamlakatning özi hujumga uçragan holatlar bundan mustasno bölişi kerak edi.
Taşabbus sanksiyalarga nisbatan ham keng qamrovli çeklovlarni nazarda tutgan. Agar özgartişlar qabul qilinganida, hukumat iqtisodiy sanksiyalarni faqat BMT Xavfsizlik kengaşi maʼqullaganidan keyingina joriy eta olardi.
«Betaraflikni befarqlik bilan tenglaştirmaslik kerak»
Şveysariya xalq partiyasidan taşqari mamlakatdagi barça yirik siyosiy kuçlar taşabbusga qarşi çiqqan.
Taşqi işlar vaziri Inyatsio Kassis teledebatlarda Şveysariya betarafligi amaliyotda doimo muayyan moslaşuvçanlik bilan qöllanganini aytgan.
Uning taʼkidlaşiça, betaraflikni befarqlik bilan tenglaştirmaslik kerak. Vazir Şveysariya öz manfaatlarini himoya qiliş yoki tinçlikni saqlaşni vaj qilib, xalqaro huquq buzilişlariga köz yumişi mumkin emasligini bildirgan.
Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça taşabbus ham rad etildi
Referendumda ovoz berganlarning 70 foizdan ortiği oziq-ovqat xavfsizligiga oid taşabbusni ham qöllab-quvvatlamagan.









