Obyekt Bryunig massivida 100 metrdan çuqurroqda barpo etilmoqda, deb xabar berdi Bild naşri. Bryunig massivi Şveysariyaning markaziy qismida joylaşgan.
Loyiha mualliflari mulkni «deyarli har qanday ehtimoliy tahdiddan» - har qanday hujum yoki falokatdan himoya qilişni közlamoqda. Şu maqsadda omborlar toğ massivining içkarisida joylaştiriladi. Loyiha ortida tadbirkor Tomas Gasserga tegişli Şveysariyaning Brünig Mega Safe kompaniyasi turibdi. Quriliş 2026-yilning yanvar oyida boşlangan. Kompaniya vakiliga köra, yuqori xavfsizlik hududidagi dastlabki işlar allaqaçon yakunlangan. Keyingi bosqiçda esa omborxonalarga kirişni taʼminlaydigan portal quriladi.

«Xavfsizlik darajasi Şveysariya Milliy banki omborlarida qöllaniladigan darajaga mos bölişi kerak», - degan edi Gasser Şveysariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida.
Dastlabki omborlarni 2028-yilda bitkaziş kutilmoqda. Toğ massivida jami 25 tagaça xona yaratiş rejalaştirilgan. Ulardan biridan 99 yil muddatga foydalaniş huquqi qiymati 1 million yevroga yetişi mumkin. Omborlar mulkini uzoq muddat saqlaşga ehtiyoj sezadigan milliarderlar uçun möljallangan.

Yerosti majmuasiga kiriş bir neça bosqiçli nazorat orqali amalga oşiriladi. Gasserning sözlariga köra, odam avval şlyuzdan ötişi kerak böladi, şuningdek, qöşimça tekşiruvlar ham közda tutilgan. Kompaniyaning bildirişiça, omborlarda deyarli har qanday qimmatbaho buyumlarni saqlaş mumkin böladi. Çeklovlar faqat giyohvand moddalar va portlovçi moddalarga taalluqli.













