Özbekiston milliy jamoasining jahon çempionatida eng yorqin öyin körsatgan futbolçilaridan biri 19 yoşli Behruz Karimov «Surxon»ni tark etib, Şveysariyaning «Lugano» klubi safiga qöşildi.

19 yoşli himoyaçi 5 yillik şartnomani imzoladi. Uning şartlari e’lon qilinmadi.

Behruz Karimov 2007-yil 7-avgustda tuğilgan. Avvaliga Odil Junior akademiyasida ta’lim olgan, keyinroq Toşkentning «Olimpik» klubiga ötgan.

U 2025-yil fevralidan beri Termizning «Surxon» klubida töp tepib kelayotgan edi.

1908-yilda şu nomdagi şaharda asos solingan «Lugano» klubi Şveysariyaning eng uzoq tarixga ega klublaridan biri, uç karra mamlakat çempioni, tört karra Şveysariya kubogi sohibi.

Ötgan mavsumni klub içki çempionatda 3-örin bilan yakunlab, UYeFA Konferensiyalar ligasida (Çempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi örinda turuvçi musobaqa) iştirok etiş huquqini qölga kiritgan.

Konferensiyalar ligasining uşbu mavsumida klub 3-saralaş bosqiçi dastlabki öyinida Farer orollarining «Runavik» klubini öz maydonida 2:0 hisobida mağlub etdi. Javob öyini 13-avgust kuni bölib ötadi. Agar «Lugano» bu tösiqdan ötsa, guruh bosqiçiga çiqiş uçun «Makkabi T-A» (Isroil) va SSKA (Bolgariya) öyini ğolibi bilan kuç sinaşadi.