Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning ma'lum qilişiça, «butun dunyo» Venesuela hukumatidan Milliy ta'sis yiğilişini çaqiriş ğoyasidan voz keçişni söramoqda.
«Venesuelada muhokamalar, tez va tinç yöllar bilan muammoga yeçim topiş uçun ta'sis yiğilişidan voz keçiş lozim. Butun dunyo buni söramoqda», - deya yozdi Santos Twitter’da .
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro 30 iyul kuni ta'sis yiğilişini çaqirsa, «kuçli va tezkor iqtisodiy harakatlar»ni köriş bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.












