Bugun, 19 iyul kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi tomonidan matbuot anjumani ötkazildi. Tadbirda "Askar kutubxonasi" seriyasida "Zamonamiz qahramonlari" rukni ostida yozilgan yangi kitoblar taqdimoti ham bölib ötdi.

"Hasanboy Dösmatov" va "Ruslan Nurudinov" deb nomlanuvçi bu kitoblarda sportçilarning hayoti, faoliyati, Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan Olimpiada öyinlarida ğalabaga erişiş onlari batafsil yoritilgan. Şuningdek, kitobni varaqlar ekansiz, jahon çempionlarining oila a'zolari, yaqinlari, ustoz va murabbiylari, muxlislari tomonidan bildirilgan samimiy va iliq fikrlarga guvoh bölasiz.

Mazkur asarlar mualliflari - Iqbol Mirzo, Nodir Jonuzoq, Orif Tolib. Barça qiziqarli ma'lumotlar va intervyular rang-barang suratlar bilan uyğunlaşgani kitobxonni bir zumda öziga jalb eta oladi. Zamonamizning çinakam qahramonlariga aylangan Hasanboy Dösmatov hamda Ruslan Nurudinovning nafaqat erişgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari, balki insoniy fazilatlari ham yoş avlodga örnak böladi.

Taklif
Kelgusida "Zamonamiz qahramonlari" rukni ostida nafaqat sportçilarimiz, balki yoşi kiçik bölişiga qaramay, çet el musobaqalarida turli yönalişlar, jumladan, mental arifmetika böyiça katta yutuqlarga erişib kelayotgan bolajonlarimiz haqida ham maxsus kitoblar çop etilsa, nur ustiga a'lo nur bölar edi. Umuman olganda, maktab darsliklari orasiga "Zamonamiz qahramonlari" nomli yangi fan kiritilsa va unda Özbekiston bayroğini köklarga kötarişga hissa qöşayotgan yurtdoşlarimiz hayoti, ijodi hikoya qilib borilsa, bu ösib kelayotgan avlodning öz yölini topişi, kelajakda qahramonlarga havas qilgan holda katta natijalarni qölga kiritişiga turtki bölib xizmat qiladi.











