Özbekiston hukumati 2017 yilning ikkinçi çoragida xalqaro moliyaviy institutlar va donor davlatlar bilan 413,04 mln dollarlik törtta kredit kelişuvini imzoladi. Loyihalarning umumiy qiymati 470,24 mln dollarni taşkil etadi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

Özbekiston va Jahon banki “Oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş” loyihasi böyiça kredit kelişuvini imzoladi. Loyiha qiymati 72,95 mln dollar, kredit esa - 42,2 mln dollarga teng.

Islom taraqqiyot banki “Qişloq joylarda zamonaviy turar-joylarni quriş” loyihasi uçun 300 mln dollar ajratdi.

Bundan taşqari, Özbekiston Islom taraqqiyot banki bilan “Oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş” loyihasini amalga oşirmoqda. Loyiha qiymati - 44,48 mln dollar bölib, bank mablağlari hisobidan töla hajmda moliyalaştirilmoqda.

Saudiya taraqqiyot jamğarmasi “Koson va Muborak tuman markazlari hamda Kitob-Şahrisabz yer osti suvlariga yaqin joylaşgan aholi punktlarining suv ta'minoti tizimi rekonstruksiyasi” loyihasini amalga oşiriş uçun 26,36 mln dollarlik hajmda kredit taqdim etdi. Loyiha qiymati 52,81 mln dollarga teng.