Özbekistonda qarzdor yoki kafilning bank kartasidan kredit tölovini avtomatik yeçib olişda karta balansini nolga tuşirib qöyiş taqiqlanadi.
Bu haqda Markaziy bank qarori eʼlon qilindi. Qaror uç oydan keyin – 2027-yil 10-yanvardan kuçga kiradi.
Hujjatga asosan, tijorat banklariga kredit va (yoki) kafillik tölovlari böyiça mijozning topşiriğisiz uning barça bank karta hisobvaraqlarida mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi mablağni saqlamagan holda pul mablağlarini yeçib oliş taqiqlanadi.
Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 2026-yil 1-sentabrdan 1 mln 360 ming söm deb belgilangan. Bu summaning yarmi – 680 ming sömni taşkil etadi.
Şu tariqa, agar MHTEKM özgarmasa, 2027-yil 10-yanvardan boşlab bank kartalaridan kredit tölovlarini mijoz topşiriğisiz yeçib olişda karta hisobida kamida 680 ming söm mablağ qolişi talab etiladi.
Eslatib ötamiz, Uzcard tölov tizimi 2026-yil 15-apreldan boşlab kreditlar, bölib-bölib tölaş va boşqa majburiyatlar yuzasidan şaxsning Uzcard kartasidan avtomatik mablağ yeçib olinganida, karta hisobida 3 BHM (hozirda 1 mln 320 ming söm)dan kam bölmagan mablağ qoladigan tartib örnatilganini eʼlon qilgandi.

















