27 may kuni mental arifmetika böyiça Özbekiston çempionati bölib ötdi. Unda 500 ga yaqin iştirokçi qatnaşib, şulardan 21 nafar ğolib Malayziyada 16 iyul kuni bölib ötgan Jahon kubogida iştirok etiş uçun yöllanma olişgandi.
16 iyul kuni esa Malayziyadagi Jahon kubogida 35 davlatdan 600 dan ortiq iştirokçi qatnaşdi. Ular orasida özbekistonlik 5 yoşdan 15 yoşgaça bölgan 21 iştirokçi ham bor edi.

Natijalarga köra, öz yoş guruhida özbekistonlik iştirokçilardan ikki nafari 3-örin, bir nafari 2-örin, beş nafari 1-örinni oldi va 13 nafari oliy grant örnini egalladi.
Şuni ta'kidlab ötiş lozimki, iştirokçi davlatlar orasida oliy örinni eng köp aynan özbekistonliklar qölga kiritişdi.












