Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) ötkazadigan PISA xalqaro tadqiqotining 2022-yilgi natijalarida Singapur matematika böyiça eng yuqori natijani körsatgan.



Singapurlik 15 yoşli öquvçilar matematika savodxonligi böyiça örtaça 575 ball töplagan. Bu OECD davlatlarining örtaça natijasidan 100 balldan ziyod yuqori.

Qayd etilişiça, Singapurning körsatkiçi 2018-yilga nisbatan 6 ballga oşgan. Ayni paytda OECD mamlakatlarining matematika böyiça örtaça natijasi 2022-yilda 472 ballni taşkil etgan. Bu 2018-yilgi körsatkiçdan 15 ballga past.

Reytingda ikkinçi örinni Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Makao 552 ball bilan egallagan. Uçinçi örinda 547 ball töplagan Tayvan joylaşgan.

Kuçli beşlikdan Hongkong - 540 ball va Yaponiya - 536 ball bilan örin olgan.

Yevropa davlatlari orasida eng yuqori natijani Estoniya körsatgan - 510 ball. Şuningdek, Şveysariya va Niderlandiya ham matematika savodxonligi böyiça kuçli öntalikka kirgan.

Infografikaga 425 balldan kam natija körsatgan davlat va hududlar kiritilmagan. Ular orasida Qatar, Meksika, Indoneziya va Marokaş ham bor.

PISA tadqiqotida iştirok etgan 81 davlat va hudud orasida matematika böyiça eng past natijalar Kambodja, Paragvay va Dominikan Respublikasida qayd etilgan. Ularning har biri 340 balldan kam natija körsatgan.

Şu bilan birga, 2022-yilgi PISA tadqiqotida materik Xitoy natijalari hisobga olinmagan. Xitoy 2018-yilgi tadqiqotda yetakçi bölgan.

Rossiya ham 2022-yilgi test sinovlarida iştirok etmagan. 2018-yilda rossiyalik öquvçilar matematika savodxonligi böyiça örtaça 488 ball töplagan.