Qozoğiston davlat xizmati işlari va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi davlat xizmatçilariga iş haqi tölaşning yangi tizimini joriy etmoqda, unda maoşni 50 foizga qadar köpaytiriş mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozoğiston.

«Davlat xizmatçilariga iş haqi tölaşning yangi tizimi ularning maoşlarini 50 foizga oşirişi mumkin», - deya xabar berdi agentlik raisining örinbosari Oygul Şoimova.

Yangi tizim ikki qismdan iborat böladi: doimiy va özgaruvçan.

Birinçisi egallab turgan lavozimga boğliq böladi. Özgaruvçani esa qilingan işga qarab bonuslar qöşişni nazarda tutadi. Dastlabki loyihaga köra, bonuslar yilda bir marotaba davlat xizmatçisi faoliyatini baholaş asosida tölanadi.

Bonuslar hammasi bölib 4 sinfga bölinadi: “ajoyib”, “samarali”, “qanoatlantiruvçi” va “samarasiz”. Şoimovaning sözlariga köra, bonuslarni “ajoyib” va “samarali” xodimlar olişi rejalaştirilmoqda.