Bristol universiteti olimlari Altsgeymer kasalligiga çalingan insonlar miyasida bakteriyalar izini topişgan. Ular tomonidan keltirib çiqariladigan şamollaş asoratlari ham bu tuzalmas dardning rivojlanişida rol öynaşi inkor etilmayapti. Tadqiqot natijalari Frontiers in Aging Neuroscience jurnalida e'lon qilingan.
Altsgeymer kasalligi bilan oğrigan bemorlarning miyasida şamollaş alomatlari mavjud, deb tuşuntiriş berişadi tadqoqot mualliflari. Ma'lum bir genetik omillar gematoensefalitik tösiqning butunligiga ta'sir ötkazişi mumkin, bu holda bakteriyalar miyaga ötib, şamollaş çaqirişi mumkin.
Tadqiqotçilar Altsgeymer kasalligi bilan oğrigan sakkiz insonning va 6 nafar soppa-soğ insonning miya namunasini örganib çiqişdi. Yangi avloddagi sekvenirlaş usuli yordamida ular har ikki turga xos bölgan namunalarda bakteriyalar DNKsi borligini aniqlangan, biroq Altsgeymer kasalligiga çalingan miyada ularning miqdori yetti barobar köproq ekanligi oydinlaşgan.
Iş mualliflarining fikriça, biroq sekvenirlaş miyaga qança miqdorda bakteriyalar tuşganini aniqlab bera olmaydi. Bu narsa gematoensefalitik tösiqni yangib ötib, miya töqimalarida paydo bölgan bakteriyalarning miqdori va turini aniqlaş borasida tadqiqotlarni yanada çuqurroq davom ettiriş zaruriyatini körsatib turibdi.












