Hisoblaş matematikasi va differensial tenglamalar sohasidagi taniqli olim, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Boris Anisimoviç Bondarenko 93 yoşida vafot etdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev, boş vazir Abdulla Aripov va hukumatning boşqa vakillari akademik ölimi munosabati bilan ta'ziya bildirgan.

«B.Bondarenko 1923 yil 12 oktabrda Rossiya Federatsiyasining Boşqirdiston Respublikasi Davlekanovo şahrida tuğildi. 1953 yili Örta Osiyo davlat universitetini (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) matematika mutaxassisligi böyiça tugatdi. Dastlab nomzodlik, keyinçalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi köp yillik xizmatlari uçun 2000 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi. 

Iste'dodli olim qariyb 70 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toşkent temir yöl muhandislari instituti kafedrasi mudiri, Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, ilmiy kotibi, Kibernetika instituti laboratoriya mudiri, yetakçi ilmiy xodimi, direktorning ilmiy işlar böyiça örinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi va mamalakatimizda matematika sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşdi. 

Zahmatkaş olimning ilmiy işlanma va tadqiqotlari matematik fizika, hisoblaş matematikasi va kombinator tahlilida respublikamiz fanida keng qöllanib kelmoqda. Olim tomonidan yangi turdagi maxsus polinomlar va ularning maxsus funksiyalari yaratilgan. Ularning nazariyalari, hisoblaş matematikasi va qattiq jismlar mexanikasi sohasidagi muhim masalalar yeçimlari işlab çiqilgan. 

Olimning çiziqli va yarimçiziqli differensial tenglamalar sohasining nazariy va amaliy masalalariga bağişlangan 500 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxşi ma'lum. 

Jonkuyar ustoz sifatida köplab yoşlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida önlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan. 

B.Bondarenkoning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “Özbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni va “Jasorat” medali bilan mukofotlangan edi. 

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Boris Bondarenkoning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi», deyilgan ÖzA tomonidan keltirilgan ta'ziya matnida.