Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor Temurjon Nosirov 12 noyabr kuni 83 yoşida vafot etdi.

Temurjon Nosirov 1941 yil 25 iyulda Toşkent viloyatining Zangiota tumanida tuğilgan. 1963 yilda Toşkent politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ni muhandis-elektrik mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Mehnat faoliyatini uşbu oliygohda assistent sifatida boşladi. Keyinçalik institut aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, söngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan.

U özining 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toşkent davlat texnika universitetining katta öqituvçisi, dotsenti, kafedra mudiri, «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Energetika markazi direktori, Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutida boş ilmiy xodim kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat körsatib, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilgan.

Taniqli olimning elektr energiyasi tizimlarining normal va avariya holatidagi rejimlarining kompleks tahlil usullarini yaratiş va umumlaştiriş borasidagi ilmiy tadqiqot işlari mamlakatimiz ilmiy jamoatçiligi tomonidan keng e’tirof etilgan.

Temurjon Nosirovning elektr energiyasini işlab çiqariş, uzatiş va taqsimlaş rejimlarini samarali boşqariş uçun integrallaşgan modellarni yaratiş, sanoat korxonalarida energiya sarfini örganiş va tejamkor texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş bilan boğliq bir qator ilmiy işlanmalari iqtisodiyot tarmoqlariga muvaffaqiyatli joriy etilgan.

Olimning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari, 6 ta monografiyasida Özbekistonning zamonaviy energetika tizimidagi islohot va modernizatsiya jarayonlari, sohani rivojlantiriş istiqbollari atrofliça tahlil etib berilgan. Uning rahbarligida 5 nafar fan doktori va 10 nafardan ortiq fan nomzodi tayyorlangan.