Ozarboyjon armiyasi 2017 yil birinçi yarmida 9 ming martaga yaqin Toğli Qoraboğ bilan çegaradoş hududlarda sulh bitimini buzdi. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi Toğli Qoraboğ mudofaa armiyasi hisobotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
"Bu davr mobaynida Qoraboğdagi harbiylar pozitsiyalariga 121 mingdan ortiq marta öqotar qurollar öt oçilgan", - deyiladi xabarda.
Ozarboyjon armiyasi tanklarga qarşi "Spayk" raketa majmualari, TR-107 yalpi reaktiv öt oçiş tizimlari, D-30 gaubitsalari va D-44 puşkalaridan öq uzilgan.
Öz navbatida, Ozarboyjon mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga köra, Armaniston qurolli kuçlari yil boşidan beri Qoraboğ mojarosi çegarasida 20 mingdan ortiq öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzgan.
"Armaniston armiyasi 2017 yilboşidan beri 20 307 marta öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzdi", - degan matbuot xizmati rahbari Vagif Dargyaxli.
Uning sözlariga köra, arman harbiy bölinmalari faqat Ozarboyjon qurolli kuçlari pozitsiyalarini emas, balki aholi punktlarini ham öqqa tutmoqda.
Xususan, ötgan bir keça-kunduzda frontning turli yönalişida 133 marta sulh buzilgan.












