Ayni kunlarda Turkiyada yiğin ötkazayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi uşbu yiğin doirasidagi ikkinçi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi.
Saudiya Arabistonining «At-Ta'vun» klubiga qarşi uçraşuvda Igor Sergeyev tomonidan uçraşuvning 29-daqiqasida kiritilgan yagona gol Özbekiston milliy terma jamoasiga kiçik hisobda ğalaba keltirdi.
Ma'lumot uçun, mazkur yiğin doirasidagi ilk uçraşuvda milliy terma jamoa Eronning «Zob Ohan» klubiga kiçik hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Uşbu yiğin Samvel Babayan boş murabbiyligidagi milliy terma jamoa uçun Xitoy hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalariga qarşi Jahon çempionati saralaş uçraşuvlariga tayyorgarlik vazifasini ötaydi.
Örtoqlik uçraşuvi
Izmir, Turkiya. 23 iyul, şanba
Özbekiston – «At-Ta'vun» (Saudiya Arabistoni) 1:0
Gol: Igor Sergeyev (29).
Özbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46), Davron Hoşimov (Erkin Boydullayev, 27), Otabek Şukurov, Murod Holmuhamedov, Akmal Şorahmedov, Farruh Sayfiyev, Şerzod A'zamov, Salamat Qutiboyev (Şoxruz Norhonov, 74), Jaloliddin Maşaripov, Sardor Mirzayev, Igor Sergeyev (Aleksandr Merzlyakov, 79).












