
21-22 iyul kunlari Özbekiston Davlat jahon tillari universitetida Culton Idris nomidagi Malayziya pedagogika universiteti (UPSI) hamda Malayziyaning Özbekistondagi elçixonasi bilan hamkorlikda Malay tilini tarğib qiliş böyiça 5-Xalqaro anjumani taşkil etildi. Anjumanga Culton Idris nomidagi Malayziya pedagogika universitetining 50dan ortiq vakillari taşrif buyurişdi.

2012 yildan beri ötkazib kelinadigan mazkur anjumanning bu yilgi mavzusi "Gözal nutq boy madaniyatning bir qismi sifatida"ga bağişlandi. Tadbirda diplomatik korpus vakillari, pedagoglar, talabalar, tadqiqotçilar iştirok etişdi.

Joriy yilda Özbekiston va Malayziya örtasidagi diplomatik aloqalarning 25 yilligi ham nişonlanadi. Ikki kun davom etgan xalqaro anjuman mamlakatlar örtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Dato Nor'aini binti Abd Hamid, Malayziyaning Favqulodda va Muxtor Elçisi:
"Culton Idris nomidagi Malayziya pedagogika universiteti (UPSI) Malayziyaning eng nufuzli universitetlaridan biri sanaladi. Oliygoh tomonidan taşkil etilgan bugungi anjumanda ham yoşlar uçun beriladigan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Malayziyada talabalarning tahsil olişi uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Ular özini begona his etişmaydi. Sababi, mamlakatlarimiz örtasida öxşaş jihatlar juda köp. Hozirda köplab Özbekistonlik yoşlar Malayziyada tahsil olişadi. Bu yerda siz istalgan mutaxassislikdagi oliy öquv yurtlarini topişingiz mumkin".

Muhammad Şatar Sabran, Professor, UPSI universiteti rektori:
"Ikki kun davomida ÖzDJTU bilan hamkorlikda seminarda iştirok etdik. Bizning universitet jahonning köplab oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda mustahkam aloqalarni yölga qöygan. Taşrifimizdan maqsad - bu yerdagi ta'lim tizimi bilan yaqindan tanişiş va Özbekistonlik talabalarni malay tilini örganişga jalb qiliş, UPSI oliygohida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanişiştirişdir. Öylaymizki, uşbu hamkorlik loyihalari doirasida ikki mamlakat örtasidagi tajriba almaşinuvi yanada mustahkamlanadi. Professor öqituvçilar, mutaxassislar, talabalarning Malayziyada malaka oşirişlari, şu bilan birga, Malayziyalik talabalarning ham Özbekistonga kelib, tahsil olişlari uçun yangi imkoniyatlar eşigi oçiladi. Men yoşlarimiz ta'lim sohasidan taşqari, mamlakatning madaniyati, tarixiy obidalari bilan ham yaqindan tanişi lozim deb hisoblayman. Ana şunda xorijiy tilni örganiş oson keçadi, davlatlar orasidagi döstona munosabatlar esa bardavom böladi".











