Özbekistonlik 15 nafar öquvçi Singapurda taşkil etilgan International Math Olympiad Çallenge 2017 xalqaro olimpiadasining sovrindorlariga aylanişdi. Bu haqida tanlov iştirokçilari "Kun.uz" muxbiriga xabar berişdi. Dunyoning turli davlatlaridan taşrif buyurgan maktab yoşidagi bolalar matematika yönalişi böyiça özaro kuç sinaşişdi. 

"Sehriyo", "Intellekt", "Ginedis", "Lider" kabi xususiy maktablarning 36 nafar öquvçisi saralaş bosqiçidan ötib, Xalqaro olimpiadaga yöl olişdi va Özbekiston şarafini himoya qilişdi. Mazkur bellaşuvda jahonning 17 mamlakatidan 1000ga yaqin bolalar iştirok etdi. 

14 yoşli Yasmina Şaripova Xalqaro olimpiadada bronza (24 öquvçi orasida) va kumuş (70 iştirokçi içida) medaliga sazovor böldi.

Singapurda matematika böyiça ötkazilgan xalqaro olimpiada uç bosqiçda ötkazildi: 

1-qism - Yozma bellaşuv.
2-qism - Matematik jang.
3-qism - Jumboqlar.

Xalqaro olimpiadaning sovrindorlariga aylangan Özbekistonlik öquvçilar: J.Rustamxonov, K.Rizayev, A.Jalilov, S.Umarov, Ş.Hojiakbarov, N.Kan, Ş.Şaripova va Ya.Şaripova,8 A.Nurullaxöjayev, R.Nurullaxöjayeva, T.Hasanov, A.Abdulloyev, J.Normatova va boşqalar.

Mamlakat şarafini xalqaro musobaqalarda himoya qilib, katta muvaffaqiyatga erişgan yoş hamyurtlarimizga kelgusidagi işlariga omad tilaymiz.