Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 22 iyunda 413-son «Özbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylaştiriş töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritiş haqida»gi qarorini qabul qildi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.

Unga köra, «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Qonun kuçga kirgun (15 sentabr 2011 yil)gaça berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida turarjoy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yaşab kelayotgan hamda öşa joyda hisobda turgan şaxslarga mazkur turar joylarni xususiylaştiriş huquqi berildi.

Xususiylaştiriş imkoniyati 2018 yil 1 iyulgaça taqdim etiladi. Mazkur sanaga qadar uşbu kvartiralarni xususiylaştirişga doir bitimlarni notarial tasdiqlaşga hamda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida davlat röyxatidan ötkazişga ruxsat etildi.

Natijada Röyxatning 1-bandiga muvofiq xususiylaştirilgan kvartiralar mulkdorlari bunday yöl bilan tegişinça Toşkent şahri yoki Toşkent viloyatida bunday turar joy maydonida doimiy propiskadan ötkaziladi.