2017 yil 17-24 iyul kunlari Xalqaro Valyuta Jamğarmasining Albert Yeger rahbarligidagi missiyasi Toşkentda böldi. Missiya iqtisodiy vaziyatni rivojlantiriş va rasmiy davlat organlari işlab çiqqan islohotlar rejalarini muhokama qiliş maqsadida taşrif buyurdi. Missiya öz safarini yakunlaşi munosabati bilan bayonot berdi. 

«Missiya rasmiy davlat idoralarining Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi» doirasida iqtisodiyotni isloh qiliş böyiça kompleks rejalarini ma'qullaydi. Uşbu rejalarni öz vaqtida va samarali amalga oşiriş iqtisodiyotda sifatli iş örinlari barpo etiş va barqaror ösişni ta'minlaydi. 

Missiya rasmiy idoralarning birinçi galda valyuta tizimini isloh qiliş borasidagi rejalarini katta mamnuniyat bilan qarşiladi. 

Valyuta kurslarining bir xillaştirilişi va valyuta zaxiralarini bozor qoidalari asosida taqsimlaş uçun şart-şaroitlar barpo etiş Özbekiston Markaziy bankiga barqarorlik hamda inflyatsiyani samarali boşqariş imkonini beruvçi pul-kredit siyosatiga ötişda qöl keladi. Bu islohot taşqi raqobatbardoşlikning oşişi, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va içki zaxiralarni taqsimlaşni takomillaştiriş orqali yangi iş örinlari barpo etiş va iqtisodiy ösişga olib keladi. Özbekistonning sezilarli valyuta zaxiralari bu islohotni işonç bilan ötkaziş imkonini taqdim etadi. 

Valyuta tizimini isloh qiliş davlat korxonalari va davlat nazoratidagi banklarni qayta taşkil qiliş, xalqaro savdo va bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etişga imkon bermayotgan omillarni yöqotiş, iş örinlari taşkil etişda muhim ahamiyatga ega bölgan kompaniyalar, ayniqsa kiçik va örta korxonalarning amaliy tarqatiş qiymatlarini asossiz ravişda oşib ketişiga sabab bölayotgan qonunlar, qarorlar va boşqa jarayonlarni tartibga soliş zarur. 

XVJ qöşimça texnik yordam berişga va rasmiy davlat organlari tomonidan tayyorlangan islohotlar rejasini qöllab-quvvatlaş maqsadida iqtisodiy siyosat masalalarida tavsiyalar taqdim etişga tayyor. 

Islohotlarni pul massasi va kreditning tez sur'atlarda ösişi tufayli vujudga keluvçi inflyatsiya bosimi şaroitida ötkazişga töğri keladi. Şu munosabat bilan missiya Özbekiston Markaziy bankining pul-kredit siyosatiga qat'iy tus berib, qayta moliyalaş stavksini 9 foizdan 14 foizga oşirganini qöllab-quvvatlaydi.
 
Garçi bank tizimida yetarli miqdorda bufer zaxiralari bölsa-da, likvidlik va kreditlar likvidligiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin bölgan ehtimoliy murakkabliklar xavotirlarga sabab bölmoqda. Şu sababli rasmiy idoralar davlat tomonidan nazorat qilinadigan banklarni qayta sarmoyalaşga doir ehtiyot çoralarini körişdi. Likvidlik me'yorlarini oşirib, ÖzMBning likvidlik va banklar muammolarini hal etiş borasida qöllaydigan qoidalarni qayta körib çiqib, moslaştirişdi. 

2017 yil boşidan buyon ehtiyotkorlik bilan soliq-byudjyet siyosati olib borilmoqda. Davlat byudjyetining profitsiti joriy prognozlarga köra, YaIMnig 0,2 foizini taşkil etadi. Şunga köra, yangi valyuta kursi tartibi va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta'minlaş maqsadida 2018 yilgi soliq-byudjyet siyosatining qat'iyligi saqlab qolinişi kerak. 

Missiya rasmiy idoralarning iqtisodiy statistika ma'lumotlari sifati va şaffofligini oşiriş böyiça qadamlarini ijobiy baholadi. Rasmiy idoralarning 2018 yildan inflyatsiya sur'atlarini baholaşda yangi Iste'mol narxlari indeksi (INI, inflyatsiya körsatkiçi; Consumer Price Index, CPI)ni qöllaş uşbu muhim statistika ma'lumoti sifatini oşirişi kerak. Missiya, şuningdek, Özbekiston rasmiy idoralarining XVJning kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatiş umumiy tizimi qöşiliş istagini ham olqişlaydi. 

XVJ Kelişuvlarining IV moddasi doirasidagi navbatdagi maslahatlaşuvlarni 2017 yil kuzida ötkaziş borasida dastlabki kelişuvga erişildi.
 
Missiya rasmiy idoralarga iliq qabul va amaliy muhokamalar uçun minnatdorlik bildiradi».