Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi. 

Norma.uz’ning yozişiça, uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

•  ta'lim tizimida öquv-tarbiya jarayonlari, professor-öqituvçilar tarkibi, kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sifatini nazorat qiliş, pedagog kadrlarga malaka toifalarini beriş böyiça davlat siyosatini amalga oşiriş;
•  idoraviy mansubligi va taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, ta'lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş;
•  öquvçilar, talabalar va tinglovçilar bilimlarining Özbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qiliş, ta'lim muassasalari reytingini aniqlaş;
•  Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalaş komissiyasining işçi organi sifatida nodavlat ta'lim muassasalariga litsenziyalar beriş;
•  xorijiy mamlakatlarda berilgan ta'lim töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini aniqlaş)ni taşkil etiş;
•  respublika hududida xorijiy ta'lim muassasalarining ta'lim faoliyatini yuritiş huquqiga ruxsatnomalar beriş uçun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan ötkaziş;
•  ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qöyiş.

Davlat inspeksiyasiga boşliq boşçilik qiladi, u örinbosarga ega. Ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadi. Boşliq maqomiga köra vazirga, boşliq örinbosari esa vazir örinbosariga tenglaştiriladi.

Boşqaruv xodimlarining çeklangan soni 108 nafarni taşkil qiladi. Davlat inspeksiyasi xodimlariga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining tegişli lavozimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlari qöllaniladi.

Davlat inspeksiyasi Toşkent şahar, Çilonzor tumani, Nurxon köçasi, 21-uy manzilida joylaşgan.

Har bir oliy ta'lim muassasasida  - Nazorat bölimi

Respublikaning barça oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida öz ştatlari doirasida ta'lim sifatini nazorat qiliş bölimlari taşkil etiladi. Bölimda 3 nafar  xodim böladi: boşliq (oylik iş haqi dekan lavozimiga tenglaştirilgan) va 2 nafar boş mutaxassis. Ular Davlat inspeksiyasi boşliği tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
 
Bölimlar talabalar bilimlarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini örganiş, kadrlar tayyorlaş sifati monitoringini yuritiş hamda oliy ta'lim muassasasini içki attestatsiyadan ötkazişni taşkil etiş va içki attestatsiya natijalarini, ta'lim sifatiga ta'sir etgan omillar töğrisidagi ma'lumotlarni oliy ta'lim muassasasi rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etiş bilan şuğullanadi.

Yangi yiğimlar joriy qilinadi

Joriy yilning 1 oktabridan:

•  umumiy örta, örta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalarida birinçi va oliy malaka toifali, yetakçi va boş öqituvçi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarga malaka toifasini berişda  - EKIHning 1 barobari miqdorida;
•  nodavlat ta'lim muassasalarini attestatsiyadan ötkazganlik uçun - EKIHning 10 barobari miqdorida yiğim joriy etiladi.