Ilyos Şomatov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2016 yil 8 yanvardan davlat röyxatidan ötkazilgan “Sarfir invest klass” MÇJ rahbari. U “Xalq iste'moli mollarini oliş va sotişga vositaçilik qiliş” faoliyati uçun guvohnoma olgan bölib, ulgurji savdo bilan şuğullanişga vakolati yöq edi. Ammo mulkiy naf köriş, yaxşigina foyda oliş istagi ustun keldi. Şu bois, “Asaka bank” Namangan filialida oçilgan asosiy hisob raqami orqali 2016 yil 17 martdan 15 mayga qadar 132 mln. 735 ming söm, “Universalbank” Farğona filialidagi ikkilamçi hisob raqami orqali 132 mln. söm, “Agrobank” Danğara filialidagi ikkilamçi hisob raqami orqali 7 mlrd. 520 mln. 859 ming söm, jami 7 mlrd. 785 mln. 595 ming söm debit va kredit aylanmasini amalga oşirdi va MÇJ ustavida körsatilmagan ulgurji savdo faoliyati bilan şuğullandi. Aslida u avval ham savdo qoidalarini buzgan, amaldagi qonun me'yorlarini mensimagani sababli bir neça marta sudlangan bölib, bundan xulosa çiqarib olmagan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Bundan taşqari, I.Şomatov rahbar sifatida jamiyatning ulgurji savdo faoliyati böyiça Namangan şahar DSIga 2016 yil 1-çorak hisobotlarini taqdim etmay, uşbu davr mobaynida hisob raqami orqali 6 mlrd. 857 mln. 644 ming söm tovar aylanmasini, şuningdek, pul köçiriş yöli bilan sotib olingan mahsulotlarni qayta sotişdan kelib tuşgan 1 mlrd. 984 mln. 480 ming söm naqd pulni hisobotdan yaşirdi. Bu bilan davlat byudjyetiga hisoblanişi va tölanişi lozim bölgan 442 mln. 106 ming söm yagona soliqni tölaşdan böyin tovladi.
Şuningdek, I.Şomatov bank muassasalari orqali 7 mlrd. 785 mln. 595 ming söm bank aylanmasini amalga oşirib, pul köçiriş yöli bilan sotib olingan 1 mlrd. 984 mln. 480 ming sömlik mahsulotlarni naqd pulga sotib yubordi. Savdodan tuşgan pullarni esa na nazorat-kassa maşinasiga kirim qildi va na bank muassasasiga topşirdi. Qolaversa, savdo qoidalarini juda köp miqdorda buzgani yetmaganidek, jinoyatlarini yaşiriş maqsadida jamiyat faoliyati bilan boğliq hujjatlarni qasddan nobud qildi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar I.Şomatovga nisbatan jinoyat işi qözğatilgaç, u ulgurji savdo faoliyati bilan şuğullaniş uçun maxsus litsenziyasi bölmasa-da, 6 mlrd. 857 mln. 644 ming sömlik ulgurji savdoni amalga oşirgani ham ma'lum böldi. I.Şomatov bu kirdikorini yaşiriş, göyoki jamiyat vositaçilik faoliyati bilan şuğullanib kelganini körsatiş maqsadida xaridor korxonalarga ulgurji tartibda yetkazib berilgan mahsulotlar uçun rasmiylaştirilgan birlamçi hujjatlarni 222 ta holatda soxtalaştirdi hamda xaridor korxonalar muhrlarini, şuningdek, mahsulotni qabul qilib olgan şaxslarning imzolarini qalbakilaştirişga erişdi.
Niyati egri bölgan inson unga yeta olmaganidek, tadbirkorlik niqobi ostida faqat boylik orttirişni közlagan I.Şomatov sud hukmi bilan 4 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Şuningdek, davlat byudjyetiga yetkazilgan moddiy zarar ham undan undiriladigan böldi.











