26 iyulda Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan, Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukrainaga qaytiş qonuniy huquqi uçun kuraşişini aytdi.

26 iyulda Ukraina migratsiya xizmati Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Saakaşvilini fuqarolikdan mahrum qilganini ma'lum qilgandi. Avvalroq Saakaşvili Gruziya fuqaroligini yöqotgandan keyin unda Ukraina fuqaroligidan boşqa fuqaroligi yöqligini aytgandi.

"Men Ukrainada 13 yildan köproq yaşayman, uçta inqilobda iştirok etganman: granitdagi va ikki maydondagi inqiloblarda. Menda faqat bitta fuqarolik – Ukraina fuqaroligi mavjud va ular meni undan mahrum qila olmaydilar. Hozir meni qoçqin maqomini olişga majbur qilişmoqçi. Bu yuz bermaydi. Men heç qayerda qolişni va heç qanday maqom olişni istamayapman. Men Ukrainaga qaytiş qonuniy huquqim uçun erişaman", deb yozgan Saakaşvili Facebook’dagi sahifasida.

Uning ta'kidlaşiça, u hozirgi Ukraina deputatlarining aksariyatidan köproq ukrain hisoblanadi va "heç narsaga qaramasdan, bu yerda, Ukrainada kuraşni" davom ettiradi.

2013 yil noyabrda Saakaşvili Gruziyani yangi prezident öz lavozimiga kirişgandan keyin tark etgandi. Gruziya boş prokuraturasi unga bir neçta jinoiy iş böyiça sirtdan ayblovlar e'lon qilgan. 

2015 yilda Poroşenko Saakaşviliga Ukraina fuqaroligini bergan hamda uning Odessa viloyati gubernatori etib tayinlaşi haqidagi farmonni imzolagan. 2016 yil noyabrda Saakaşvili Ukraina hukumati korrupsiyaga qarşi kuraşişni istamayotganini aytib, bu lavozimdan iste'foga ketgan.