Xalqaro Press-klubda bölib ötgan Özbekistonda soliq islohotiga doir sessiyada respublikadagi jismoniy şaxslarga solinadigan daromad soliqlari miqdori ham muhokama qilindi. Kun.uz muxbirining Singapur davlati misolida daromad soliqlari haqida ma'lumot berib, Özbekistonda qaçon qisqartirilişi borasida bergan savoliga Moliya vaziri örinbosari Mubin Mirzayev javob berdi.

“Özbekistonda bugungi kunda jismoniy şaxslarga solinadigan daromad soliği böyiça 4 ta şkala mavjud. Bunda birinçi şkala böyiça bir minimal iş haqi (eng kam oylik iş haqi - 149,750 söm)gaça bölgan daromadga 0 stavkada daromad soliği örnatilgan, ya'ni umuman daromad soliği tölanmaydi. 1 minimaldan ( eng kam oylik miqdori nazarda tutilmoqda) 5 minimalgaça bölgan şkala böyiça (149, 750 sömdan 748, 750 sömgaça) 7,5 foiz daromad soliği tölanadi, bundan 6,5 foizi davlat byudjyetiga, 1 foizi jamğarib boriladigan pensiya hisob raqamiga tuşadi. 

Uçinçi şkala bu beş minimaldan 10 minimalgaça bölgan daromadlarga (748,751- 1 mln 497,500 söm) 16 foiz daromad soliği solinadi. Va 10 minimaldan yuqori daromadlarlarga 23 foiz soliq solinadi. Bundan 22 foizi davlat byudjyetiga tuşadi. 1 foizi jamğarib boriladigan pensiya jamğarmasiga ötkaziladi”, - dedi Moliya vaziri örinbosari.

Şu örinda, Kun.uz muxbiri ma'lumot sifatida taqdim etgan Singapur respublikasidagi daromad soliqlari borasidagi hamda Özbekistondagi daromad soliqlariga doir jadvalni taqdim etsak. Qiyoslaş esa, öquvçiga havola. 

Singapurda jismoniy şaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkalari:

Özbekistondagi jismoniy şaxslar daromadlariga solinadigan soliqlar: