WikiLeaks portali 27 iyulda Vault 7 loyihasi doirasida Markaziy razvedka boşqarmasining navbatdagi maxfiy hujjatlarini çop etdi. Yangi paketda boşqarma tomonidan qöllangan kiberjosuslik vositalarining işlaşi ta'riflangan.

Dasturlar Imperial loyihasi doirasida işlab çiqilgan. Ulardan biri Achilles dasturi bölib, u xakerlarga operatsion tizim diski obraziga kiriş imkonini beradi. Ikkinçi vosita Aeris deb nomlangan bölib, kompyuterdan ma'lumotlarni çiqariş uçun möljallangan. Uçinçi dastur SeaPea esa buzib kirilgan kompyuterdan ma'lumotlar uzatiladigan ulanişlarni yaşiriş uçun xizmat qiladi.

WikiLeaks MRB hujjatlarining birinçi qismini 7 mart kuni çop etgan. Öşanda bu maqolalar boşqarmaning maxfiy hujjatlarining eng yirik sizib çiqişi bölişi aytilgandi. Bu maxfiy hujjatlar MRBning Lenglidagi boş qarorgohida joylaşgan, kiberrazvedka markazining içki tarmoğida saqlangan 8,7 mingdan köproq hujjat va fayllarni öz içiga oladi.