Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi - MRB direktori Jon Retkliff bilan Irlandiyada uçraşdi. Bu haqda Reuters agentligi 21-sentabr kuni ikki manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbalardan biriga köra, uçraşuv şu kuni Irlandiyaning Şennon aeroportida bölib ötgan. Zelenskiy va Retkliff samolyotlariga yoqilği quyilayotgan vaqtda norasmiy vaziyatda suhbatlaşgan.

Ular qanday masalalarni muhokama qilgani maʼlum qilinmadi. MRB ham, Ukraina rasmiylari ham uçraşuv yuzasidan rasmiy axborot bermagan.

Jon Retkliff 25-avgust kuni eʼlon qilinmagan taşrif bilan Moskvaga borgan edi. The Wall Street Journal maʼlumotiga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp MRB rahbariga Rossiya poytaxtiga borişni şaxsan topşirgan. Naşrning yozişiça, Tramp uşbu missiya haqida öz yordamçilari va harbiy rahbarlarga oldindan xabar bermagan.

WSJ manbalariga köra, Retkliff Moskvada Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni qayta boşlaş masalasini muhokama qilgan. Şuningdek, u Kremlni Eronni qöllab-quvvatlaşni töxtatişga çaqirgan.

Ayni paytda Zelenskiy Nyu-Yorkka yöl olgan. U yerda 22-sentabr kuni Ukraina rahbarining Donald Tramp bilan uçraşuvi rejalaştirilgan. Nyu-Yorkda 22–26-sentabr kunlari BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi bölib ötadi. Unda qariyb 130 nafar davlat va hukumat rahbari qatnaşişi kutilmoqda.

Zelenskiy safar oldidan Ukraina Rossiya bilan harbiy mojaroni yumşatişga tayyorligini yana bir bor bildirdi.

«Ukrainaning energetika sohasi, muhim infratuzilmasi va oziq-ovqat eksporti Rossiya uçun nişon bölişdan töxtaşi kerak. Şunda biz ham keskinlikni pasaytiriş uçun şunga mos qadamlar qöyamiz. Faqat hujumga uçragan davlat zarar köradigan davr ortda qoldi. Zamonaviy uruşning tabiati şunday: tajovuzkor ham yöqotişlarga uçraydi», - deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.

Zelenskiy bu fikrlarni Donald Trampning Rossiya Ukraina hujumlari natijasida dizel yonilğisi sanoati ustidan nazoratni yöqotgani haqidagi postiga javoban bildirgan.