Bir neça kun oldin AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Ratkliff eʼlon qilinmagan taşrif bilan Moskvaga keldi. Kreml buni «maxsus xizmatlar tarmoğidagi aloqalar» bilan izohladi, Tramp esa Ukraina bilan muzokaralarga işora qildi.

25-avgust kuni Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB – CIA) direktorining Ratkliffning Moskvaga uçib kelgani haqida bir vaqtning özida bir neçta Amerika naşrlari xabar bergandi. Bu haqda AQŞning özida rasmiy maʼlumot berilmagan. Biroq Flightradar24 maʼlumotlari Amerika harbiy samolyotining Moskvaning «Vnukovo» aeroportiga qöngani va u yerda qariyb töqqiz soat bölganini qayd etdi.

Bu Amerika razvedkasi rahbarining sönggi beş yilda Rossiya poytaxtiga maʼlum bölgan ilk taşrifidir. Bunga qadar 2021-yil noyabrida – Rossiya Ukrainaga keng kölamli bosqinni boşlaşidan taxminan uç oy oldin MRBning öşa paytdagi rahbari Vilyam Berns Putin bilan uçraşgandi.

BBC naşri uşbu taşrif maqsadlari haqida «Vaşingtonning ogohlantirişdan tortib, Rossiyani Eron bilan muzokaralarga jalb qilişgaça» bölgan farazlarni jamladi.

Financial Times va Axios naşrlarining maʼlumotlariga köra, amerikaliklar MRB delegatsiyasining Moskvaga safari haqida Kiyevni oldindan ogohlantirgan. Şu bois Ukrainadan 24-avgustdan 26-avgustgaça Moskva, Peterburg va Rossiyaning şimoliy hududlariga hujumlarni töxtatib turişni söragan.

Kremlning talqini

26-avgust kuni tongda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika razvedkasi rahbari Moskvaga uçib kelganini tasdiqladi. Peskovning maʼlum qilişiça, Ratkliff Rossiyaga «maxsus xizmatlar örtasidagi aloqalar» uçun taşrif buyurgan.

Şuningdek, Peskov Ratkliff Putin bilan uçraşmaganini aytdi. U taşrifning boşqa tafsilotlarini keltirmadi.

2026-08-27 17.14.55
Sergey Narişkin / Foto: Reuters

Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin esa hafta boşida Moskvada MRB direktori Jon Ratkliff bilan «işçi darajadagi uçraşuv» ötkazganini