Naşr maʼlumotiga köra, Retkliff 25-avgust kuni Moskvada Bortnikov bilan uçraşgan. Ayrim manbalar aynan FXX rahbarining vositaçi sifatida tanlanganini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus xizmatlardagi ötmişi bilan izohlagan.
Ularning fikriça, Putin MRB direktori orqali yetkazilgan maʼlumotlarni odatiy diplomatik kanallardan kelgan axborotga nisbatan işonçliroq qabul qilişi mumkin.
NYT Retkliff va Bortnikov örtasida boşqa aloqa kanallaridan mustaqil ravişda işlaydigan töğridan töğri muloqot kanali mavjudligini ham qayd etgan.
MRB Rossiya armiyasining yöqotişlariga eʼtibor qaratgan
Gazetaga köra, MRB xodimlarida Putinga Ukrainadagi uruşning haqiqiy borişi va Rossiya armiyasi yöqotişlari kölami haqida töliq va işonçli maʼlumot yetkazilayotganiga şubha bor.
NYT Retkliff Bortnikovga yetkazgan xabarning aniq mazmunini oçiqlamagan. Biroq uning asosiy mazmuni MRB direktori avvalroq omma oldida bildirgan ayrim fikrlarga mos kelişi taʼkidlangan.
Xususan, Retkliff iyul oyida sönggi bir yarim yil davomida Rossiya Ukraina hududining atigi 1 foizga yaqin qismini egallaganini aytgan edi. U buni Ukraina Qurolli kuçlarida uçuvçisiz uçiş apparatlari sohasi jadal rivojlangani bilan izohlagan.
Şuningdek, MRB direktori Rossiya harbiylarining frontdagi yöqotişlari juda yuqori ekani haqida ham gapirgan.
Biroq NYT maʼlumotiga köra, Retkliff Bortnikov bilan uçraşuvda, agar Putin AQŞ tomonidan yetkazilgan xabarni inobatga olmasa va harbiy harakatlarni töxtatmasa, qanday oqibatlar yuz berişi mumkinligi haqida tahdid bildirmagan.
MRB rahbari Moskvadagi uçraşuvdan oldin Ukraina vakillari bilan ham muloqot qilgan. U Kiyev tomoniga taşrifdan maqsad Moskva pozitsiyasini örganiş ekanini, Ukraina nomidan Rossiya bilan qandaydir yon berişlarni kelişiş emasligini bildirgan.
Retkliffning Moskvaga taşrifi maqsadi böyiça turli versiyalar bor
Jon Retkliff 25-avgust kuni AQŞ Harbiy-havo kuçlarining Boeing C-17 Globemaster III harbiy-transport samolyotida Rossiyaga kelgan va bir neça soatdan söng mamlakatni tark etgan.









