«Uruşning asl kartinasi» bilan
Nihoyat The New York Times ham MRB direktorining Moskvaga taşrifi haqida «öz insaydlarini» eʼlon qildi. Boşqaça bölişi mumkinmi axir, butun boşli dunyo razvedkasining eng katta odami Rossiyaga borsa-yu, NYT bu haqda «razvedkadagi manbalariga tayanib» nimadir yozmasa, hisobmas!
Amerikadagi eng maşhur gazeta manbalariga köra, MRB direktori Kremlga Ukraina bilan uruşda front qay holatda ekani haqida real kartinani körsatiş uçun borgan. Yaʼni, Amerika razvedkasi aniqlagan maʼlumotlar asosida tuzilgan uruş xaritasini olib borgan.
Amerika razvedkasiga köra, Rossiya oxirgi 18 oy davomida Ukrainaning atigi 1 foiz maydonini juda katta yöqotişlar evaziga bosib olgan. Şu sabab MRB direktori Rossiyani muzokaralar stoliga çorlagan. Xabarda aytilişiça, MRB Putinning atrofidagilar unga «uruşdagi vaziyat haqida töğri axborot bermaydi» deb hisoblagani uçun şaxsan idora direktori Kremlga borgan.
Jon Retkliff taşrif davomida Rossiya taşqi razvedka xizmati direktori Sergey Narişkin va FSB rahbari Aleksandr Bortnikov bilan uçraşgan. Narişkin bunday uçraşuv bölganini tasdiqladi. MRB direktori Rossiyadagi eng qudratli idora FSB rahbariga frontdagi asl vaziyatni körsatib, «barçasi Rossiya aytayotganidan boşqaçaligini» tuşuntirgan. Kreml rasmiysi Peskovning aytişiça, Putin MRB direktori bilan uçraşmagan. Putin uçraşişni xohlamagani haqida taxminlar ham yöq emas.
Şuningdek, amerikalik mulozim taşrif oldidan Kiyevdagilarni «Rossiya bilan heç qanday maxfiy kelişuv bölmasligiga» işontirgan. NYT'ga köra, taşrifdan közlangan asosiy messej uruş Moskvaga borgan sari qimmatga tuşayotgani va hozir ayni muzokara stoliga ötiradigan vaqt ekanini aytiş bölgan.
Oq uyda yiğiliş
Retkliff Rossiyadan qaytişi bilan Oq uyda mamlakatning eng katta harbiy mulozimlari iştirokida yiğiliş ötkazilgan. Amerikalik jurnalistlar direktor safardan qaytişini kutib turib uni va harbiy mulozimlarni Oq uy oldida suratga oldi. Hozirça Retkliff Trampga nimalar haqida hisobot bergani aniq emas. Amerika naşrlariga köra, MRB direktorining Moskvaga safari aynan Trampning buyruği bilan maxfiy amalga oşgan. Bundan yuqori harbiy mulozimlarning ham xabari bölmagan. Retkliff Rossiyaga borişdan oldin Latviyada töxtab ötgan. Uning Rossiyaga safari haqida yevropaliklar ham heç nima bilolmagan.
Lukaşenko Moskvada











