Kun.uz tahririyati Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan oçiq muloqot ötkazdi.

Vazirning aytişiça, bu yilgi qabul kvotalari qariyb 10 mingga oşdi. Magistraturaga esa bu yilda 5 ming talabani qabul qiliş möljallangan. 

“Albatta, bu boşlanişi. Bu imkoniyatlarga boğliq. Bilasizki, qabul kvotasini belgilaş bilan OTMlarning imkoniyatlari mutanosib bölişi kerak. Buning uçun moddiy baza, pedagoglar kerak. Albatta, ehtiyoj bundan köproq. Ayniqsa, biz öqişga kirişni xohlovçilarning sonini körsak. Bu yil qariyb 730 ming abituriyent ariza topşirdi. Bu degani bir öringa respublika böyiça örtaça 11 nafardan töğri kelayapti. Ayrim OTMlarda esa 20 dan oşiq. Eng köp arizalar bizda oxirgi yillar Termiz davlat universitetiga. Bu yil esa 36 mingdan ortiq”, - deydi vazir.

Ma'lumot uçun, Inomjon Majidov bilan intervyuning töliq şakli birozdan söng taqdim etiladi.