Bu tartib prezidentning 2026-yil 29-sentabrdagi «Oliy taʼlimda dual taʼlim şaklida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–209-son farmonida belgilandi.

Hujjatga köra, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşda «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili joriy etiladi. Kadrlar iş beruvçi korxonalarning buyurtmalari asosida tayyorlanadi.

Qabul qanday amalga oşiriladi?

Dual taʼlim şakli böyiça qabul qilinadigan bakalavriat yönalişlari va qabul parametrlarini oliy taʼlim muassasasining özi belgilaydi. Bunda ular Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişişi kerak.

Qabul iş beruvçi korxonaning buyurtmasiga muvofiq, tölov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oşiriladi.

Talabaga qança maoş tölanadi?

Dual taʼlim oliy taʼlim muassasasi, korxona va talaba örtasida tuziladigan uç tomonlama şartnoma asosida taşkil etiladi.

Şartnomaga köra, korxona talabaga butun öqiş davri davomida har oy mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan iş haqi tölaşi şart.

Şuningdek, kadrlar tayyorlaş tizimi bitiruvçini buyurtma bergan korxonaga işga qabul qiliş şartini nazarda tutadi.

Talabaning ham majburiyati böladi

Talaba öqişni tamomlaganidan söng mazkur korxonada kamida ikki yil işlab berişi kerak. Uşbu majburiyat ham uç tomonlama şartnomada belgilanadi.

Şu tariqa, yangi tizimda korxonaning kadrga bölgan ehtiyoji, oliygohdagi taʼlim va bitiruvçining keyingi iş faoliyati özaro boğlanadi.