Ozarboyjon poytaxti Boku şahridagi supermarketlardan biri xaridorni huşidan ketgunça muzlatgiçga qamab qöydi. Jabrlanuvçi allaqaçon politsiyaga murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Vesti.Az portali.
"Bokuning Freshmart supermarketida iste'molçiga nisbatan qöpol munosabatda böliş holati qayd etildi. Supermarket ma'muri Bokuning 37 yoşli fuqarosi Firuz Gaxramanov va uning dösti Navröz Sadiyevni qimmat ustarani öğirlaganlikda ayblab, ulardan 750 manat (441 AQŞ dollari) tölaşni talab qilgan. Aks holda, ular bilan qöriqçilar şuğullanişi bilan tahdid ham qilgan", — deb yozadi portal.
Şundan söng, Sadiyev rozi bölib, uyiga borib pul olib kelişini aytgan, oradan bir neça soat ötgaç, talab qilingan pulni töplay olmaganini bildirib, qönğiroq qilgan.
"Öşanda ma'mur va qöriqçilar F. Gaxramanovni kuç bilan muzlatgiç xonaga qamaşgan va huşidan ketguniça u yerda uşlab turişgan. Söngra, uni supermarket binosida yarim tungaça saqlab, keyin qöyib yuborişgan. F. Gaxramanov uşbu holat yuzasidan politsiyaga murojaat qilganini bildirdi", — deyiladi Vesti.Az xabarida.












