Kun.uz tahririyati Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan oçiq muloqot ötkazdi.

Majidovning aytişiça, boşqa mamlakatdan Özbekistondagi OTMga öqişni köçiriş masalasida har doim arizani topşiriş imkoniyati har bitta viloyatdagi OTMda yaratiladi. Ma'lum qilinişiça, ularning qaysidir qismini oliy öquv yurtining özi hal qilib köçirişi mumkin. Aytilişiça, bu yil öqişni respublika OTMlariga köçiriş böyiça ariza topşiriş mumkin, qolgan ma'lumotlar hozirça noma'lum. 

“Ariza topşirişga heç qaçon yöq deyilmagan. Köçiriş masalasida har doim ham arizani topşiriş imkoniyati yaratilgan. Uning tartibi bor. Qaysidir qismini oliy öquv yurtining özi hal qilib, köçirişi mumkin. Qaysidir qismi esa ikkita oliy öquv yurti içida böladi. Buni tegişli vazirlik hal qiladi.

Xorijdagi ma'lum bir universitetlar oliy ta'limni ham tijoratga qöygan. Bu balki normal holat. Bizda bunday emas. Bizda talab bor, bitirayotgan mutaxassisning malakasiga ertaga javobgarlik bor. Şuning uçun xorijdagi barça oliy öquv yurtini bir xilda qabul qilib bölmaydi. Lekin har qanday fuqaro öqişini köçirişga ariza bera oladi hamda u albatta körib çiqiladi”, - deydi vazir.