29iyul kuni Andijon şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman), Andijon viloyati hokimligi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida “Odam savdosi - davr muammosi” mavzusida seminar bölib ötdi.   

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça Vakili (Ombudsman), viloyat Içki işlar boşqarmasi va prokuraturasi, Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Andijon viloyati hududiy idoralararo komissiyasi a'zolari, siyosiy partiyalar, viloyat Yoşlar ittifoqi kengaşi, viloyat xotin-qizlar qömitasi, fuqarolarni özini-özi boşqariş organlari, NNT, OAV va boşqa jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi - 30 iyul – Birlaşgan Millatlar taşkiloti tomonidan “Xalqaro odam savdosiga qarşi kuraşiş kuni” deb belgilangani munosabati bilan mamlakatimizda odam savdosiga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatini aholiga, şu jumladan, yoşlarga, xotin-qizlarga yetkaziş orqali ularni odam savdosi jinoyatining jabrlanuvçilariga aylanib qolişini oldini oliş.

Odam savdosi dunyo xalqlarini taşvişga solayotgan jiddiy muammolardan biri bölib, u hudud va çegara tanlamaydi. Şu bois uşbu jinoyatga qarşi samarali kuraş olib boriş, bunda ham mamlakat içida birlaşiş, ham davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatimizda yetarliça normativ-huquqiy baza şakllantirilgan. Qolaversa, Özbekiston inson huquqlariga oid 60dan ortiq xalqaro hujjatlarga qöşilgan va BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan 6ta asosiy xalqaro şartnoma iştirokçisiga aylangan. Şuningdek, xorijiy davlatlar bilan uyuşgan jinoyatçilik, şu jumladan, odam savdosiga qarşi kuraşişga qaratilgan 30ga yaqin şartnoma va kelişuvlar imzolangan.

Tadbir davomida, odam savdosiga qarşi kuraşiş, bu borada inson huquq va erkinliklarini ta'minlaş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanligi alohida qayd etildi. 

Xususan, 2008 yil 17 aprelda “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Uşbu qonunda odam savdosiga qarşi kuraşiş tizimini taşkil etiş tartibi, vakolatli organlar va ularning vazifalari, şuningdek, odam savdosi jinoyati jabrlanuvçilarining himoyasi va ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiyasi masalalariga oid normalar mustahkamlangan. Mazkur qonunning qabul qilinişi Özbekistonning xalqaro şartnomalarga sodiqligini va özining xalqaro majburiyatlarini töliq bajarayotganini tasdiqlovçi yana bir dalil bölib xizmat qilmoqda.

Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni muvofiqlaştirişning ta'sirçan tizimini yaratiş, qonun buzilişlarining oldini oliş va ularni bartaraf etişning zamonaviy taşkiliy – huquqiy mexanizmlarini joriy etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi  Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2833-sonli Qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, odam savdosi bilan boğliq va boşqa turdagi jinoyatçilikning profilaktikasini amalga oşiriş davlat organlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boşqa davlat taşkilotlari, şuningdek xöjalik boşqaruvi organlarining ustuvor vazifasi ekanligi qayd etildi.

Seminar davomida odam savdosi muammosining dolzarbligi, davlatimiz tomonidan uşbu jinoyatga qarşi kuraşiş maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, tegişli mutasaddi taşkilotlar tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida atrofliça ma'lumot berildi. Transmilliy körinişga ega bölgan odam savdosiga qarşi kuraşiş uçun barça davlat va nodavlat taşkilotlari hamda inson huquqlari böyiça milliy institutlarning hamkorligini yanada mustahkamlaş zarurligi ta'kidlandi.

Şuningdek, «Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunda alohida belgilangan odam savdosidan jabrlangan yoşlarga yordam körsatiş, voyaga yetmaganlarning qarovsizligi va nazoratsiz qolişiga hamda ular örtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilişiga sabab böladigan holatlarni aniqlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Tadbir davomida odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlik masalalari, odam savdosi jinoyatlarini aniqlaş va foş etişda tezkor-qidiruv tadbirlarining örni, odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişning öziga xos jihatlari, odam savdosi jinoyatining asosiy unsurlari, şu jumladan, voyaga yetmagan jabrlanuvçilarning psixologik va huquqiy holatini aniqlaş usullari, jabrlanuvçilarga kömaklaşiş kabi masalalar yuzasidan qizğin bahs-munozara böldi.

Tadbir yakuniga köra,odam savdosi bilan şuğullanuvçi şaxslarning javobgarlik masalasini hal etişning qöşimça çoralarini köriş hamda odam savdosidan jabrlangan fuqarolarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam beriş çoralarini kuçaytiriş maqsadga muvofiqligi, mazkur yönalişda, eng avvalo hamkorlikdagi faoliyatni yanada kengaytiriş, asosiysi odam savdosiga imkon yaratayotgan sabab va şart-şaroitlarni aniqlaş, ularni bartaraf etişga doir işlarning samaradorligini oşirib, odam savdosi asoratlaridan jamiyatga yetkazilişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarni keskin kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş zarurligi yuzasidan taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.