Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça markaz direktori örinbosari Dilfuza Şodiyeva Kun.uz’ga odam savdosi qurbonlaridan biri bilan boğliq holatni gapirib berdi.
Markaz vakilining maʼlum qilişiça, mehnat ekspluatatsiyasi bilan boğliq holatlarda köproq Qozoğiston va Rossiyadan qaytarilayotgan özbekistonliklar murojaat qiladi. Jinsiy ekspluatatsiya holatlarida esa Turkiya, Hindiston va Birlaşgan Arab Amirliklarida jabrlangan özbekistonlik ayollar markazga murojaat qilmoqda.
«Enaga bölib işlaysan deb olib ketilgan»
Markaz vakilining aytişiça, joriy yil boşida Turkiyadan Özbekiston fuqarosi bölgan ayol qaytarilgan. U enaga bölib işga joylaştiriş vaʼdasi bilan qarindoşi tomonidan Turkiyaga olib ketilgan va sotib yuborilgan.
«Ayol 8 yil davomida fohişalikka majburlangan. Bunga qarşilik qilganida, unga farzandi orqali bosim ötkazilib, bolaning ustiga qaynoq suv quyilgan. Ayol yertölada saqlangan. Kelganida vazni 32 kilo edi, özi juda yoş, u yerda ikkita farzandli bölgan edi. Ikki farzandining ham hujjatlari mavjud emas. Turkiyada ötkazilgan politsiya tadbiri davomida aniqlanib, Xalqaro migratsiya taşkiloti orqali Özbekistonga qaytarilgan.
Biz uni olib kelganimizdan keyin birinçi navbatda ayol va bolalari bilan alohida-alohida iş olib bordik. Olti oy davomida u psixolog, psixoterapevt va psixiatr körigidan ötkazildi. Oilasi bilan körişiş jarayonlari juda qiyin keçdi. Çunki ayol Turkiyada bedarak ketganidan kuyib ketgan ota-onasi vafot etib ketişgan. Ayol bunda özini aybladi.
Bolalari bilan ham işlandi, çunki ularda rivojlaniş bilan boğliq ayrim keçikişlar kuzatilgan edi. Hozirda farzandlari boğçaga joylaştirildi, katta farzandining hujjatlari töğrilandi, ikkinçi farzandining hujjatlarini tiklaş jarayoni davom etmoqda», - dedi markaz vakili.











