Kun.uz tahririyati Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan oçiq muloqot ötkazdi.

Vazirning sözlariga köra, 10- va 11-sinflar masalasida aniq, ravşan topşiriq qöyilgan. Köp uçraşuvlarda pedagoglar, kollej öqituvçilari, ota-onalardan fikrlari söralgan. 

“Hozirgi kunda har bir maktabda jurnallar yuritilgan. Ota-onalar kelib, yozib berayapti: “Biz 10-, 11-sinfni xohlaymiz”, “Biz xohlaymiz kollejga borişni”, “Biz falon kollejga borib topşirdik, u yerda tanlov ekan, agar ötmasak, bu yerga qaytib kelamiz” yoki “Biz u yerda ötmasak, boşqa kollejga boramiz” deb. Şunday törtta variantlar jurnallarga kiritildi. Hozir har bir viloyatda komissiyalar işlamoqda va ularning ma'lum natijalari umumlaştirilmoqda. Endi bu borada yeçimga kela olmayotganlar ham bölişi mumkin. Bu ularning ixtiyori.

Hozir yoki u, yoki degan masala yöq. Hozirgi yilda maktabga boradigan qismi maktabda 10-, 11-sinfni öqiydi. Kollejga boradigan qismi 3 yil öqiydi. Bundan keyin bu tizim, model işlanadi. Hozir buning konsepsiyasining yaratilişi böyiça topşiriq qöyilgan. 11-sinf miqyosida ham ma'lum mutaxassisliklar böyiça kasb oliş imkoniyati yaratiladi. Şu ikki yilning içida oliş mumkin bölgan kasblar olinadi. Bolalar 11-sinfdan qandaydir kasb bilan çiqadi. Köproq işçi kasblari, undan keyin bir qismi institutga kiradi, bir qismi esa özining egallagan kasbi bilan mehnat bozoriga çiqişi mumkin, bir qismi kollejlarga”, - deydi vazir.