31 iyul kuni Toşkent davlat yuridik universiteti qabul komissiyasi va imtihon jarayonlariga mas'ul qilib tayinlangan xodimlar örtasida nazorat yiğilişlari bölib ötdi. Aytiş kerakki, bu yilgi imtihonda tekşiriş, kuzatiş va nazorat işlariga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari, içki işlar xodimlari, bojxona, prokuratura, milliy xavfsizlik xizmati hamda universitet xodimlaridan iborat guruhlar jalb qilingan. Abituriyentlar ikki tartibda taşqi va içki nazoratdan ötkaziladi.

Avval xabar berilganidek, bu yil davlat test imtihonlarida şaffoflikni ta'minlaş va adolat mezonlariga sözsiz amal qilişga erişiş maqsadida «Özekspomarkaz»ning 4ta pavilonida Toşkent davlat yuridik universitetiga hujjat topşirgan abituriyentlardan tajriba-sinov tariqasida yangi şakldagi imtihon ötkazilmoqda.

Uşbu universitetda taşqi nazoratda abituriyentlar 3 bosqiçda tekşiruvdan ötkaziladi. Maxsus zamonaviy tekşiruv jihozlaridan tortib har bir abituriyent mas'ullar tomonidan individual tekşiruvdan ötkaziladi. Abituriyent yonidan taqiqlangan buyumlar ya'ni, öquv qöllanma, mobil telefon, şparkalka va hokazo predmetlar topilsa yoki yaşirin tarzda taqiqlangan buyumlarni özi bilan imtihonga olib kirişga uriniş aniqlansa, imtihondan sözsiz çetlaştiriladi. 

Ahamiyatli jihati «Özekspomarkaz» hududida bu haqda abituriyentlarni ogohlantiruvçi bannerlar qöyilgan. Xususan, imtihon olinadigan pavilionga yaqin hududda sönggi ogohlantiruv tariqasida qizil çiziq ham tortilgan. 

Içki nazoratda esa abituriyentlar imtihon jarayonida Toşkent davlat yuridik universiteti va prokuratura xodimlari tomonidan qat'iy nazoratda böladi.  

Ta'kidlaş kerakki, mazkur test sinovlarida zamonaviy texnologiyalardan ham keng foydalanilmoqda. Xususan, nazorat-kiriş nuqtalarida abituriyentlarda taqiqlangan vositalarni aniqlaşga qaratilgan bir qança metall buyumlarini aniqlovçi uskunalar (metall detektorlar) örnatilgan. Ikkinçidan, binolarda 100dan ortiq video kuzatuv kamerasi işlab turibdi. Test sinovlaridagi jarayonlarni «Özekspomarkaz» hududiga kiriş joylarida örnatilgan uçta yirik LED (4m*3m) ekranlari yordamida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlariga töğridan-töğri kuzatiş imkoniga ega. Şuningdek, test sinovlarini ötkaziş jarayonini töğridan-töğri efirga uzatişga erişilmoqda. 

Ma'lumot örinda aytiş kerak, test sinovlari ötkaziladigan pavilonning har biri 1000dan 1500 nafargaça abituriyentni qamrab oladi. Ularga barça şaroitlar yaratilgan, ya'ni pavilon harorati, abituriyentlar uçun içimlik suvi, ruçka, titul varaqasini töldiriş tartibi böyiça ma'lumot, tibbiy xizmatlar taşkil etilgan.

Eslatib ötamiz, Toşkent davlat yuridik universitetiga kiriş imtihonlari «Kun.uz» sayti orqali onlayn uzatib boriladi.