2016 yilning 23 sentabrida “Kun.uz” internet naşrida çop etilgan “36 savolga 36 javob yoxud sifat muhimmi yoki natija?” maqolasini bugun öqidim. Uşbu maqola yozilişiga sabab bölgan kuyukiş, fidokorlikni qadrlayman. Lekin keç bölsada, lönda qilib şuni aytamanki, natija muhim...

OTMga kirişdagi test savollarining murakkabligi, ba'zida esa hattoki, tanlangan yönaliş uçun mutlaq ahamiyatsiz ekani nuqtai nazaridan ham, natija muhim...

Quyiroqda sifat haqida ham aytib ötaman, hozir esa natija haqida:

Eng sodda misol, sportning har bir turida natija muhim... Çagayev Valuyevni natija tufayli yutgan - hamma uni qadrladi... Futbolimizda ba'zi öyinlarda sifat köringan edi (Babayandan oldinroq), lekin oqibat natijasizlikka yetaklagaç, hozir terma jamoadagilar: boş murabbiy Babayandan tortib, ştab a'zolariyu futbolçilar yovdek körinadi biz uçun, ularga işonmasligini heç kim yaşirmaydi.

Endi testga qaytamiz:

Oddiy misol, Informatika faniga oid Informatika axborot texnologiyalari va Informatika öqitiş metodikasi yönalişlarida informatikadan savol yöq. Fizika, matematika, ona tili va adabiyot - uçta blokda joylaşadi. Buxgalteriya yönalişida esa buxgalteriya haqida mantiqiy savol ham yöq. Hammasidan ötib tuşadigani şuki, testlarni öquvçi tugul öşa repetitorlar, OTMdagi, kollej-litseylardagi domlalar yeçişga qiynaladi. Ayrim misollar soatlab vaqt oladi. Bunaqa misoldan 36 savol içida kamida 7-10 tagaça topiladi. Vaqt esa - 12-20da tugaydi. Bu matematika savollari xolos. Ona tili va adabiyotdagi murakkablik asabni egovlaşdan boşqa narsa emas. Qaysi “olimlar” öylab topgan bu fanning keyingi evolyutsiyasini!? Fan sivilizatsiyaga erişib, şunçalar mukammalaşib, maydalaşib ketdiki, uni örganiş uçun öşa olimlar kallasiga kelgan fikr 19 yoşli bolaga ham kelişi kerak ekan. (Maktab dasturida esa 8-9-sinf öquvçilari örganişga mubtalo etilgan öşa murakkablikni) Ha, mayli, şu testlarni oxirida yeçaman desangiz, ulgurmaysiz. Kamida, 21 ball (matematikaning özida) yutqazasiz... Tavakkal qiliş esa, hamma narsani mavhumlikka tortib ketaveradi. Mandat deganlari çiqqanda öqişga kirolmagan odam, qaysini töğri yeçdim, qaysi notöğri, deb öylanib qolaveradi. (Apellyatsiya, deysizmi? E, qöysangizçi, körmadim, eşitmadim biror kim appelyatsiyadan xursand çiqqanini...)

Nima demoqçiman: öquvçi yoşlar bilimi sifatsiz körinişiga ularga örgatilayotgan fanning ikir-çikirlari, mavzularning murakkabligi sababçi, testlar esa haddan ziyod murakkab, haqiqiy vunderkindlar uçun möljallangan.

Şu örinda haqli savol tuğiladi: institut yo universitetga kirmoqçi bölganlar uçun bu qadar murakkablikdagi testlarni sifatli yeçiş muhimmi (vaqt yetmasa ham), natijaga erişişmi?

Özi umuman bu murakkkablikdan ma'no nima?

Repetitor öquvçi OTMga kirişi uçun katta kuç sarflaydi. Har bir bola bilan induvidual işlaydi. Ularga testda qanday harakatlanişni huddi favqulodda vaziyatga tayyorlagandek tuşuntiradi. (Umumiy auditoriya oçib ötirganlar bundan mustasno.)

Endi sifat haqida aytaman:

Sifatga erişiş uçun unga imkoniyat yaratiş va yaratilgan imkoniyatlardan bola, ota-ona, ustoz, ta'lim muassasasi ma'muriyati, (şahar, tuman, viloyat) mahalliy hokimiyatlari foydalanişni bilişi kerak.

Bola qanday foydalanadi? U öqiydi, intiladi, harakat qiladi. Tinimsiz mehnat qiladi. (Menda aynan şu jihatlar öz vaqtida topilmagan, ozgina sustkaşlik qilganman. Tamom, marradan borgan sari uzoqlaşdim. Borgan sari hayot dovonlari past-balandligi oşib bordi, iş köpaydi, toqat yöqoldi, şe'riyatdan ikki misra şe'r yoza olmaydigan darajada uzoqlaşdim, oila ğami paydo böldi... Haliyam abituriyentman.)

Yana bir mulohazani şu yerda aytaman, yöqsa, qolib ketadi: yoşi kattaroq (masalan mençalik, 27 yoşdagi) abituriyentlar öqişga kirişda yaxşi tayyorlansa, yoşlardan köra, kuçliroq bilimga, malakaga ega ekanligini mandatda anglab yetadilar. Nima demoqçiligimni anglolmadingizmi? Tuşunib oling: 19 yoşli bolakayning haligi savollarga, testlarga aqli yetmasligi haqiqat. Katta odamlarda esa testni yeçiş uçun tuşuniş, fikrlaş, jamlaş yetarli böladi. Sifat emas, natija muhim böladi şu uçun ham abituriyentlarda.

Sifatga erişişning keyingi bosqiçi: ota-ona. Avvalo, ulardagi nasliy qobiliyatlar va keyin aqliy qobiliyatlar. Bolani tarbiyalaş birinçi ustuvor vazifa, ikkinçisi uning ta'lim olişidir. Bunda ota-ona ustozdan kattaroq mas'uliyatga ega, ASLIDA. Tarbiyali bola köp qusurlardan holi böladi, şu qatorda aldovga örganmaydi. Birovniyam, öziniyam aldamaydigan bola keyingi ustuvor vazifa: ta'lim olişda öziga talabçan böla oladi. Sifat ham, natija ham şunga yaraşa böladi.

Uçinçi bosqiç – öqituvçi omili. U maktabdami, kollej/litseydami, oliy ta'limdami, eng avvalo, öquvçi bilimiga javobgar. Repetitor ham şu qatorda. Bugungi muvaffaqiyatlarimizga, erişgan ozmi köpmi yutuqlarimizga sababçi deb ayta oladigan ustozlarni uzoqdan körsak ham borib körişamiz. Bizga ta'lim berib nuri tökilgan közlari bizni eşitganlarida porlab ketadigan fidoiy ustozlar uçinçi bosqiç omilidir. Hamma ustozlar ham bu şarafli nomga munosib bölavermaydi. Bundaylarini ham körganmiz, eşitganmiz, bilamiz. Şu yerda kiçik bitta qöşimça: ota-ona ustoz bilan doimiy aloqada bölsa, bolaning yuriş-turişidan xabar olib tursa, ustozda ham, bolada ham mas'uliyat yuki oğir keladi.

Yana bir fikr: oliy ta'limdagi va ba'zi “kuçli” (tibbiyot kollejidan tortib, nufuzi örtamiyona) kollejlardagi ustozlarga alohida rağbatlantiriş beriş kerak. “Beçoralar”ni mehnati köp. Ular ta'lim muassasa nomlariga yaraşa – baholariyam, beradigan bilimlariyam pullik! Tomoqlari qirilibam qolmaydi. Qirilmadimi, demak bunga qonuniy yöl tutiş kerak. A'loçi öquvçilari qança köpaysa – şunça ularga rağbatlantirişni oşirgan ma'qul, şunda öquvçi, talabalarga qovoq uyişmaydi. Aksinça, köproq ularga bilim berişi kerakligini tuşnib yetadi, çunki ertami indin tekşiruvçi kelişi bor gapku. Qani a'loçilar uçun olgan daromadingizni öquvçilaringiz olgan bilim bilan soliştiramiz, deganda uyalmaslik va muhimi pulni qaytarmaslik uçun ham öquv sifatini oşiradi. Vijdonan ham haq bölaveradi.

Törtinçi bosqiç – TA'LIM MUASSASASI RAHBARIYaTI. Bu yerda gap köp. Moddiy rağbatlantirişdan tortib, köça supurişga olib çiqişgaça. Maktab (kollej, litsey, institut, universitet) yuqorida aytganimdek, dastavval vazifalari bolaga ta'lim beriş. Rahbariyat esa buni ta'minlay olişidir. Qanday qilib? Şunday qilib… Öqituvçiga töğri talab qöyişi kerak. Yaqinda bir ta'lim muassasasida (qayerligini aytmayman) öquv işlari böyiça direktor örinbosari kasalligi tufayli blyutenga çiqdi, lavozim egasi vaqtinça almaşdi. Yoş kadr ekan, işçan ekan, vijdoni kabinetda ötirma, tur, taşqariga çiq, darslarda qatnaşmay yurgan öquvçilarni xonalariga xaydab sol, darsni valaqlaş bilan ötkazadiganlarni nazorat qil degan ekan… Ana Sizga natija sifati. Beş qöl barobar emasda, darrovda “Yaxşiyam, vaqtinça bölyapti, bölmasa, şörimiz qurib qolarkan” deydiganlar topildi. Yaxşi işlaydiganlar esa öz işida davom etaverdi. Öşa halol, pok, sidqidildan işlaydigan ustozlar uçun direktor jamğarmasini u bu kimga yozib çöntakka urmasdan, rağbatlantiriş uçun, öz örnida sarflaş kerak. Moddiy rağbatlatirilgan odamga qarab, senga buni men yozdim, men yozmasam olarmiding, deb çötar olmasa (çötarmisan çötar: 50%dan 90%gaça, qolsa foydasiga kommunal uçun uşlanmayu pensiyasi uçun jami hisoblandi (naçisleniya)ning oşgani qoladi, xolos) har qanday öqituvçi ham işlaydi. Bunda, qolganlari ham köp ehtimol bilan öşa mukofot uçun harakat qiladi.

Beşinçisi: Boşqarmalar, hokimiyatlar.

Indamas-da, öqituvçi xalqi. Şunça kuraşib, tuyaning ustiga endi mindirgan edim... Nima demoqçiligimni topdingiz, ha yana öşa gap. Hamma talaşib, tortişib, tinmayotgan, fikrlar, qaraşlar bir tarafi oğirroq, ikkinçi tarafi esa puçroq bölsada, adolat tarozisi arosat turgan mavzu. Buni köp gapirmayman. Aytadiganim şuki, öqituvçi (va şifokorlar) yo mardikorlik qilişsin dars ötib, jurnal töldirib, kelajak avlodga bilim berişdan ozod qilingan holda (va yoki bemorlarni qabul qiliş, ular soğligiga qayğurişdan vos keçgan holda) yoki hamma öz işini qilsin. Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari darslarni qoyillatib ötişiga, bemorlarni davolab, retsept yozib berişiga işonmaganim kabi, öqituvçi yo şifokorlarni ham obodonlaştiriş xodimlari örnida köriş mantiqsizlik deb bilaman. (Şu örinda yana bir mulohaza (köpayib ketdi, bilaman, lekin kerakli toşning oğiri yöq): öqituvçilarni ikki toifaga bölganimiz kabi, doktorlarniyam böliş mumkin. Bu açinarli haqiqatni har qanday toifadagi, har qanday lavozimlardagi şaxslarga va özligini anglab yetolmagan kimsalarga qöllaş mumkin. Aks holda, bugun bunçalik tortişuvlar bölmasdi. Prezidentimizning virtual qabulxonasida şikoyatlar, arizalar körsatkiçlari bunçalik tez suratda oşmasdi.)

Şunaqa gaplar. Mavzudan ança uzoqlaşib ketdimmi? Yöq. Sizga bafurja qilib, OTMga kirişda baribir natija muhimligi, sifatga erişiş uçun esa test savollarini ham yengillatiş bu uçun maktab dasturlarini qaytadan isloh qilib, maktab bolasiga, kollej dasturlarini kollej yoşidagilarga moslaştiriş kerakligini körsatişga harakat qildim.

Ana unda balki, repetitorning keragi bölmas, natija va sifat birdek körinar.

Bu yil oliy ta'lim muassasalariga kirişda testlar oliş tartib-qoidalari qattiq bölişiga umid qilib turibman. Oliy ta'lim vaziri intervyu berdi şu haqda, viloyat teleradiokompaniyasi "Kun mavzusi" körsatuvida Andijondagi OTMlar rektorlari yiğilişib şu mavzuda gapirişdi.

Kuzatamiz,  kutamiz...

Javlon Özbek öğli,
Andijon