Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 452 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun ötkaziladigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

Maʼlum qilinişiça, test sinovlari 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.

Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar imtihonda qatnaşiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.

Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda keliş söraladi.

Talabgorlar test sinovlari ötkaziladigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.