Hindiston harbiy-dengiz kuçlari 1 ming 500 kg atrofidagi geroin moddasini olib ketayotgan kemani uşladi. Uning qora bozordagi qiymati 545 mln AQŞ dollariga teng, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Hindiston harbiy-dengizçilari tomonidan uşlangan kema Panama bayroği ostida MV Henry nomi bilan faoliyat yuritgan. Hindiston sohil qöriqlaş xizmati boş direktori örinbosari S.Parameşning aytişiça, u Gujarat ştati Porbandar şahri yaqinida qölga olingan. Kema Dubaydan Gujaratdagi Alang şahriga suzayotgan bölgan.
Videoda MV Henry ekipaji a'zolarining qölga olingani va geroin qoplarining kemada yoyib qöyilganini köriş mumkin. Ekipaj a'zolarining barçasi hindistonlik ekani aytilmoqda. Ularga nisbatan tekşiruv işlari boşlab yuborilgan.











