Qaşqadaryo viloyatiga uyuştirilgan safar davomida turli mavzular böyiça fuqarolar bilan uçraşdik. Ma'lumki, Kun.uz ijodiy jamoasi safari çoğida inson hayotining birlamçi ehtiyojlari - toza içimlik suvi mavzusiga alohida töxtaladi. Boisi ayni mavzu yuzasidan bizga köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.  

Bu muammo Qaşqadaryo viloyatiga ham begona emas. Ijodiy jamoa toza içimlik suvi bilan boğliq ana şunday murojaatlardan birini örganiş yuzasidan Qarşi şahar “Qiliçbek qörğonça” mahallasiga yöl oldi. Bizni mahalla faollaridan biri kutib oldi va murojaat bayon etilgan holat böyiça taniştirdi. 

Uning aytişiça, 2008 yil 1 aprelda suv ötqaziş haqida va'da berilgan. Biroq, öşanda beri suv yöq. 

Foto: "Kun"

“Neça marotaba xat qildik, çiqdik. Suv masalasi qiyin. Mana hozir oqava suv berişdi. Hammaning xonadonida daraxt, turli ekinlar. Oqava suv ötib, yaxşi bölib qoldi. Içimlik suv muammo. Bu yerda 650 ga yaqin xöjalik yaşaydi. Ularning bir qismida ikki mahalgina suv bera oladi. U ham yozni kunida töxtab qoladi. Kuz, qiş, bahor oylarida suv kelib turadi. Qolganlarning hammasi suvni sotib oladi. 60 ming sömga 6 tonna suv olinadi. Uyimizda havza qilingan. Hammada şunday. Bu muammoni köp olib çiqqanmiz. Qarşi şahar hokimligiga, viloyat hokimligiga murojaat qilganmiz öşa paytda. Viloyat hokimining özi kelgandi. Körildi, keyin lotoklarni yölga qöyib berişdi. Hozir qisman mahallamizga gaz ham yetib keldi”, - dedi mahalla faoli Ğani Fayziyev.

Kun.uz ijodiy jamoasi mazkur muammo yuzasidan viloyat hokimligi mutasaddilariga murojaat qilganida, ulardan “aholi muammosini ijobiy hal qilişlari” haqida javob olgandi. Qaşqadaryo safaridan qaytilganiga qariyb ikki oy ötdi va biz mazkur muammo taqdiri bilan qiziqdik. Mahalla faoli Ğani Fayziyev bilan boğlandik. 

Foto: "Kun"

Uning sözlariga köra, mutasaddi taşkilot 4-5 kunlar avval mahalla raisini çaqirib, uçraşuv ötkazilişi haqida aytgan. 

“Keyin kelişdi. Muammoni aytişgan – suv masalasi yöqligini aytişgan. Hamma uni bilamiz, qilib berişga harakat qilamiz, degan. 2008 yildagi va'da yana qaytarildi. Mana 2017 yil böldi, hali ham natija yöq. Suvni sotib olib, içib yuribmiz”, - dedi mahalla faoli.

Foto: "Kun"

Guvohi bölganingizdek, muammo muammoligiça qolmoqda. Kun.uz uşbu murojaatga viloyat mutasaddi rahbarlari e'tibor qaratişlarini söraydi. 

Toza içimlik suvi içişni orzu qilayotgan aholining umidlari doimgidek çipakka çiqişini biz qatori ular ham istamaydilar, degan niyatdamiz.